FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida aholini arzon narxlarda meva-sabzavot, poliz ekinlari bilan uzluksiz ta’minlash, ichki bozordan ortgan mahsulotni xorijga eksport qilish bo‘yicha namunali ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

[gallery-24884]

Bugungi kunda tumanda bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishida 61 ta qishloq xo‘jaligi korxonasi faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, ularning jami 1 ming 46 gektar maydonda mevali bog‘i bor. Shundan 641 gektari hosildor, 405 gektari yangi bog‘lardir. Shuningdek, joriy bahor mavsumida fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan jami 76 gektar maydonda intensiv bog‘ tashkil qilindi. 

“Choyko‘l” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi Po‘lat Abdurahmonovning asosiy kasbi o‘qituvchilik. Dehqonchilikka qiziqishi tufayli u Farg‘ona viloyatidan ikki navdagi anor ko‘chatlarini olib kelib, o‘z tomorqasida tajriba sifatida yetishtirib ko‘rdi. Natijasi yomon bo‘lmadi. Buni ko‘rgan tuman hokimligi vakillari unga anor yetishtirishni taklif etib, 2020 yili ovul fuqarolar yig‘ini hududidan 8 gektar yer maydonini ajratib berdi. Shu tariqa “Amu anorlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

O‘tgan yili bog‘ning dastlabki hosili ichki bozorda sotildi. Bu yil Po‘lat og‘a 8 ming 500 tup anor parvarishlayapti. Hozirda bog‘da hosil mo‘l, daromad ham shunga yarasha barakali bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zA fotomuxbiri

Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anorzorda hosil mo‘l