Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

Shu kunlarda jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayrami mamlakatimizning barcha hududlarida katta tantana va g‘urur bilan nishonlanmoqda. Bu ulug‘ sana xalqimizning ko‘p yillik orzusi ro‘yobga chiqqan, ozod va erkin hayot boshlangan yangi davri timsoli, deyish mumkin.

Diyorimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘liga nazar solsak, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ulkan bunyodkorlik va yangilanish jarayoni, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan amallar nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro miqyosda ham yuksak e’tirof etilayotganiga guvoh bo‘lamiz.

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab ulug‘vor, tabarruk bir so‘z faxr, g‘urur, shukronalik ila tilga olinmoqda. Bu Mustaqillik kalomidir.

O‘zA muxbiri “Dunyoga nazar” loyihasi uchun ushbu ulug‘ ayyom arafasida o‘zbek ziyolilarining Vatan, Istiqlol haqidagi fikrlarini yozib oldi.

Mansur Yunusov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri:

– Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Bu ezgu g‘oya, nazarimda, har birimiz uchun bugungi kunning asosiy vazifasini belgilab beradigan yo‘nalishdir. “Nurafshon manzillarga eltuvchi ulug‘ yo‘l” esa shunchaki yo‘l emas, balki milliy birlik, ma’naviy yuksalish va kelajakka ishonch belgisi.

Vatan uchun! Diyorimizning huquqiy, siyosiy va iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan harakatlarda faol ishtirok etishimiz lozim. Zero, Vatanga sadoqat ham g‘oya, ham amalda namoyon bo‘ladigan muhim tarbiya.

Millat uchun! Har birimiz azaliy qadriyatlarimiz, milliy madaniyat, urf-odat va tilimizga sadoqat ko‘rsatishimiz, milliy ma’naviyatni ulug‘lovchi shahs sifatida o‘z o‘rnimizni topishimiz kerak.

Xalq uchun! Islohotlarda, fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash, erkinlik, adolat va amaliy yordamni ta’minlashda faol bo‘lishimiz zarur.

Shu yo‘lda har bir fuqaro, ayniqsa yosh avlod, nafaqat bilim olishi, balki mustaqil va ilg‘or fikri, ijodiy salohiyati yordamida taraqqiyotga hissa qo‘shishi lozim. Ayni maqsadlar biz uchun “nurafshon manzildir”.

Ezgu g‘oya atrofida birlashish “ulug‘ yo‘l” bo‘ylab taraqqiyotga, barqarorlikka yetaklaydi. Bu yo‘ldagi safar manzili butun millat uchun mayoqdir.

Sayfiddin Jo‘rayev, TDSHU Tahliliy tadqiqotlar markazi direktori:

– 1 sentyabr. Bu qutlug‘ sana xalqimiz uchun iroda, jasorat va tinchliksevarlik timsolidir. 34 yil mobaynida mamlakatimiz mustaqil, erkin, taraqqiyot sari intiluvchan davlat sifatida o‘z yo‘lini topdi. Iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, madaniyat va xalqaro munosabatlar sohalarida erishilayotgan ulkan yutuqlar – Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shayotgan har bir fuqaro mehnati samarasi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan islohotlar natijasida O‘zbekiston jahon hamjamiyatidagi o‘rnini tobora mustahkamlamoqda. Inson huquqini ta’minlash, demokratik qadriyatlarni ulug‘lash orqali barqaror rivojlanish sari tashayotgan qadamlarimiz haqli e’tirofga sazovor bo‘lmoqda.

Ayniqsa, o‘lkamiz tashqi siyosatida amalga oshirilayotgan ko‘p qirrali faollik – xorijiy davlatlar, tashkilotlar bilan o‘rnatilayotgan diplomatik munosabat, mintaqaviy va xalqaro maydonda ilgari surilayotgan tashabbuslar xalqimiz tinch, xavfsiz hayot kechirishi, zamonaviy bilim olishi, yangi kasblarni o‘rganishi va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoit yaratishga qaratilgani bilan alohida ahamiyatli.

Qayd etish kerak, muvozanatli va pragmatik tashqi siyosat tufayli qo‘shnilar bilan barqaror munosabat, yetakchi xalqaro tuzilmalar va yirik davlatlar bilan samarali hamkorlik shakllanmoqda. Bu yangilangan tashqi siyosatning o‘ziga xos xususiyatini yaqqol aks ettiradi.

E’tiborli jihati, xalqaro maydonda ijobiy imij yarata olgan yurtimizni “Osiyoning yangi yo‘lbarsi” deb atashyapti. Qator xalqaro reytinglarda davlatimiz muntazam yuqorilamoqda. Bu esa islohotlarimiz samaradorligidan dalolat.

Ishonchim komilki, birgalikda hali yanada ulkan yutuqlarga erishamiz.

O‘.Alimov tayyorladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istiqlol sahifasi: yangi tarix, yangi imkoniyatlar