Joriy o‘quv yilida Surxondaryo viloyatidagi 967 ta umumta’lim maktabining 1-sinfiga 64 ming 90 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Mazkur ta’lim maskanlariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovg‘alari yetkazildi.
Birinchi sinf o‘quvchilariga atalgan “Prezident sovg‘asi” tarkibida o‘quvchi sumkasi, 12 dona daftar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari kabi 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, 2025–2026 o‘quv yili uchun 1-sinfga hujjatlar qabuli 20 iyundan boshlangan bo‘lib, 31 avgustga qadar davom etadi.
[gallery-24871]
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/16ABwpCaxkU" title="Prezident sovg‘alari Surxondaryo maktablariga yetkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA