“Mustaqillik – 34 yil”

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilinib, amaliy ishlar allaqachon boshlab yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 11 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, mazkur sanaga bag‘ishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya asosida o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan festivallar, gala-konsertlar, mustaqillik g‘oyasini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar hech shubhasizki xalqimiz qalbidan joy olib, barchani ezgulikka, Vatan uchun, xalq uchun, oliy maqsadimiz uchun birlashishga chorlaydi. An’anaga ko‘ra bunday tadbirlarda ilm-ma’rifat, adabiyot va san’at ahli, kinoaktyor, taniqli xonandalar yurtimiz bo‘ylab uchrashuvlar tashkil etib, chekka tuman, mahallalar, ovullargacha kirib borishadi, odamlarimizga va yurtimizga kelayotgan minglab sayyohlarga ziyo va yaxshi kayfiyat ulashishadi.

Ushbu bayramga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Madaniyat vazirligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, joylarda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Madaniyat vazirligi Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Bahrom Usmonovning fikricha, bu yilgi bayramda yurtdoshlarimizga bir qator yangi dasturlar, tomoshalar tayyorlab qo‘yilgan.

– Respublikamizning har bir burchagida, tumanlarda bo‘layotgan, ovullarda va qishloqlarda o‘tayotgan har bir tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va uning tizim tashkilotlari, uning aktyorlari, xonandalari, sozandalari, raqqos va raqqosalari, umuman ijodkorlarning barchasini mehnati yotadi, - deydi B.Usmonov. - Bugun butun respublikada bo‘layotgan bayram kayfiyatining asosiy tashkilotchilaridan biri Madaniyat vazirligi. So‘nggi yillarda erishilgan yutuqlarimiz bu sport bo‘ladimi, turizm sohasi bo‘ladimi, madaniyat, ta’lim, iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘ladimi, har birida erishilgan yutuqlarimiz lavhalari mana shu insonlar mehnati bilan sahnada ko‘rinadi.

Yangi O‘zbekiston nomi bilan, Yangi O‘zbekiston shiori bilan, g‘oyasi bilan har bir ijodkorlarimizni sahnada qiladigan ishlari mazmunan shuni ochib bera olishiga erishishimiz lozim. 

– O‘tgan yilgi bayramdan bu galgi bayramning farqi nimalarda namoyon bo‘ladi?      

– Butun dunyoga intilayotgan Yangi O‘zbekistonning san’ati zamonaviy texnologiyalarga o‘tish jarayonini boshidan kechirmoqda. Shu texnologiyalarni sahnada tomoshabinlarning ko‘z oldida ishlatish va uni namoyish qilish bilan katta g‘oyalar ilgari surilmoqda... (davomi videoda) 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tqHeYxWjc5Y" title="Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan madaniy dasturlar o‘zgacha ruhda bo‘ladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan madaniy dasturlar o‘zgacha ruhda bo‘ladi (+video)