GFR tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful yaqinda shov-shuvga sabab bo‘lgan bayonot bilan chiqdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari faqat Xitoy tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam tufayli davom etmoqda.

– Xitoy ushbu nizoda betarafligini namoyon etayotgandek ko‘rinsa-da, aslida RFga sanksiyalarni chetlab o‘tishda, texnologiyalar yetkazib berishda va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda ko‘maklashmoqda, -dedi vazir.

Vadeful Yaponiyaga qilgan safari chog‘ida ham Xitoyga nisbatan tanqidiy pozitsiyasini ochiq bayon etdi. 

– Rossiya – Ukraina ziddiyati mana to‘rtinchi yildirki davom etayotir, -dedi u Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takesi Ivaya bilan uchrashuvdan so‘ng. – Mojaroning bunchalik uzoq davom etishi XXRning ko‘zga ko‘rinmas, lekin ta’sirli yordami sababidir. 

Germaniyalik vazir shu sababli Yevropa Ittifoqining Xitoy bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning Rossiyani geosiyosiy va iqtisodiy frontlarda qo‘llab-quvvatlashi global xavf omiliga aylangan.

Vadefulning ushbu bayonoti Pekinda keskin norozilik uyg‘otdi. Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Nin uning gaplarini “asossiz va provokatsion” deb baholadi. 

– Biz barcha tomonlarni tinchlik va barqarorlik manfaatlarini himoya qilishga, mojaroni avj oldirmaslikka va muloqot orqali hal etishga chaqiramiz. Germaniyaning bayonotlari mintaqaviy barqarorlikka tahdid soladi, -dedi Mao Nin.

U shuningdek, Germaniyani diplomatik etiket doirasida qolishga va Xitoyning ichki hamda tashqi siyosatiga nisbatan xolis munosabatda bo‘lishga chaqirdi. 

Xullas, Xitoyning Rossiya bilan yaqin munosabatlari G‘arb davlatlarida mintaqaviy xavf sifatida ko‘rilmoqda. Shuningdek, Vadefulning bunday chiqishlari G‘arb davlatlari tomonidan Xitoyga nisbatan siyosiy yondashuvni qayta ko‘rib chiqish va birdam harakat qilishga qaratilgan diplomatik tashabbus sifatida baholanmoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RZygozdiWGI" title="Germaniya tashqi ishlar vazirining bayonoti shov-shuvga sabab bo‘ldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya tashqi ishlar vazirining bayonoti shov-shuvga sabab bo‘ldi (+video)