Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha davom etayotgan jahon chempionatida yakkalik ko‘pkurash yo‘nalishining halqa va to‘pda mashq bajarish bo‘yicha saralash bahslari bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Taxmina Ikromova halqada 28.400, to‘pda esa 28.300, jami 56.700 ball jamg‘ardi. Yana bir gimnastikachimiz Anastasiya Saranseva ushbu yo‘nalishlarda 28.050 (halqa), 26.600 (to‘p), jami 54.650 ball to‘pladi. Bugun, 21 avgust kuni gimnastikachilar bulava va tasmada mashq bajarishda saralanadi.  

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati “Park Olimpiko” arenasida o‘tmoqda. Unda 96 nafar gimnastikachi yakkalik bahslarida, 36 ta terma jamoa esa guruh bellashuvlarida o‘z mahoratlarini namoyon etishadi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taxmina Ikromova jahon chempionatida ishtirok etmoqda