Egizaklar tug‘ilishi kamdam-kam uchraydigan biologik jarayon hisoblanadi. Bunday homiladorlik davomida ona organizmida bir vaqtning o‘zida 2, 3 yoki undan ortiq homila rivojlanadi. Egizaklar tug‘ilishida irsiy omillarning ham o‘rni juda katta. Mamlakatimizda egizaklar tug‘ilishi ko‘rsatkichi ancha yuqori. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston bo‘yicha jami 9 ming 738 nafar egizak chaqaloq dunyoga kelgan.

Egizak chaqaloqlar tug‘ilishi demografik statistika o‘zgarishlarining noyob ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, u tibbiy yordam sifatining rivojlanishi, ona va bola sog‘lig‘ining yaxshilanishi bilan ham bog‘liq. Egizak chaqaloqlarning tug‘ilishi hududlar kesimida sezilarli farqlarga ega. Bu farqlarni, o‘z navbatida, hududlardagi tibbiyot xizmatlari sifati, aholining yashash sharoitlari, ijtimoiy-iqtisodiy holat va boshqa ko‘plab omillar bilan izohlash mumkin. 

Egizaklar tug‘ilish ko‘rsatkichini hududlar kesimida taqsimlaydigan bo‘lsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 451 ta, Andijon viloyati – 883 ta, Buxoro viloyati – 486 ta, Jizzax viloyati – 410 ta, Qashqadaryo viloyati – 1 054 ta, Navoiy viloyati – 233 ta, Namangan viloyati – 778 ta, Samarqand viloyati – 1 197 ta, Surxondaryo viloyati – 856 ta, Sirdaryo viloyati – 258 ta, Toshkent viloyati – 686 ta, Farg‘ona viloyati – 1 172 ta, Xorazm – 544 ta, Toshkent shahri – 730 tadan to‘g‘ri keladi.

Yuqoridagi ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p egizak chaqaloq Samarqand va Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bu hududlarda aholi zichligi va boshqa ijtimoiy omillar egizaklar tug‘ilishi ko‘rsatkichining yuqoriligiga asos bo‘ladi. Qashqadaryo viloyati ham ushbu ro‘yxatda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, 1 054 nafar egizak chaqaloq tug‘ilgan. Eng kam egizak chaqaloq tug‘ilgan hududlar sifatida Navoiy va Sirdaryo viloyatlari ko‘rsatilgan. Bu hududlarda aholining kamligi yoki boshqa demografik omillar bunga sabab bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi hududlarida egizak chaqaloqlar sonining bunday farqlanishi, demografik jarayonlarni chuqurroq o‘rganish va yanada takomillashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ona va bola sog‘lig‘ini yaxshilash, tibbiy yordam sifatini oshirish borasidagi sa’y-harakatlar yanada samarali bo‘lishi uchun hududlar kesimida alohida e’tibor qaratish lozim.

Dildora DO‘SMATOVA

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda egizak chaqaloqlar tug‘ilishi hududlar kesimida