O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 18 avgustdagi farmoniga muvofiq, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirayotgan, aholi bandligi va farovonligini ta’minlash yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan bir guruh tadbirkorlar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi.
20 avgust kuni Yangi Toshkentda mazkur mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.
Xususan, Toshkent shahridagi “Anglesey Food” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
“Korzinka.uz” asoschisi Zafar Hoshimov O‘zA muxbiriga intervyu berib, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:
– Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan an’anaga aylangan ochiq muloqotida ishtirok etdim va taqdirlandim. Bundan juda mamnunman. Bunday yuksak e’tirof faoliyatimizga bo‘lgan katta e’tibor natijasi deb bilamiz. Bu yutuq ortida jamoaning mehnati yotibdi. Ularni ham tabriklayman.
Qayd etish kerak, Prezident mamlakatda haqiqiy tadbirkorlik ruhini ro‘yobga chiqarib, sohani rivojlantirish yo‘lida ko‘plab islohotlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu biz – tadbirkorlar uchun ham sharafli, ham mas’uliyatli. Ochiq muloqotlar va rag‘batlar, albatta, yirik loyihalar ustida ishlashimizga turtki bo‘ladigan muhim omildir.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/172vAchQNu4?si=l_TiFK2BoZ9a2_7z" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz XUDOYBERDIEV,
O‘zA