Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
– Barcha islohotlarimiz negizida, eng avvalo, inson qadri, tadbirkorlarimizning manfaatlari yotibdi.
Shu bois sud mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qat’iy siyosat olib boramiz. Bugungi tadbirkor, bu – kechagi tadbirkor emas. Ularning huquqiy savodxonligi oshganini sudlarga murojaat ko‘payganida ham ko‘rish mumkin, – dedi davlatimiz rahbari.
Endilikda tadbirkorlar iqtisodiy va ma’muriy sudlarga eksterritorial tartibda murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.
Sudlarning moddiy zararni undirish bo‘yicha qarorlari ijrosi kechikayotgan holatlar borligiga e’tibor qaratildi.
Aslida, undirilishi kerak bo‘lgan qarzdorlikning har bir kechikkan kuni tadbirkorning zarariga ishlamoqda.
Shuning uchun xalqaro tajriba asosida “astrent” tizimi joriy qilinadi. Bunda moddiy zararni qoplash kechiktirilgan har bir kun uchun qarzdor hisobidan penya undirish sud qarorida aniq belgilab qo‘yiladi.
O‘zA