Bu haqda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ta’kidlandi.
Ikki yil oldin aylanmadan soliq to‘lovchilar buxgalteriyasini soliqchi yuritadigan tizim qilindi.
Bunday xizmatlar ko‘lami kengaytiriladi.
Kelgusi yildan yer, mol-mulk, ijtimoiy va daromad soliqlari hisobotlarini shakllantirish bo‘yicha tadbirkorlar majburiyati bekor qilinadi.
Ushbu hisobotlarni soliqchilarning o‘zi bepul to‘ldirib beradi. Tadbirkorlar esa 5 kunda hisobotga tuzatish kiritishi mumkin bo‘ladi.
Hisobotni kechiktirgani uchun kichik va yirik biznes bir xil jarima to‘layapti, eng yomoni – har bir hisobot turi uchun alohida-alohida jarima bor.
Soliq qo‘mitasiga 1 noyabrdan boshlab taqdim etilmagan yoki kechiktirilgan soliq hisobotlari nechta bo‘lishidan qat’i nazar, yagona jarima qo‘llaydigan tizim yaratish topshirildi.
Bunda kichik biznes uchun jarimalar miqdori 3 karra kamaytiriladi.
O‘zA