Bu haqda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ta’kidlandi.
Banklar kelgusi yilda aynan kichik va o‘rta tadbirkorlikni maqsadli qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shartlarda alohida 1 milliard dollar resurs jalb qiladi.
Shuningdek, Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi qo‘shimcha 7 trillion so‘m resurs ajratib, 10 mingta loyihani moliyalashtiradi.
Xususan, kompaniya mablag‘lari doirasida “chempion tadbirkor”larni ko‘paytirish uchun bank orqali har bir loyihaga 10 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.
Ishlab chiqarish, servis, yashil iqtisodiyot loyihalari uchun 500 million so‘mgacha tijorat kreditlari kompaniya tomonidan qayta moliyalashtiriladi. Natijada har yili 100 mingdan ziyod tadbirkorlar oladigan kredit foizi 6 foizgacha pasayadi.
Avvalgi krediti bo‘yicha kompaniyadan kafillik olib, to‘lovni vaqtida qilgan tadbirkorlarga yangi kreditlar uchun kafillik miqdori 1,5 karra oshiriladi.
Endi yirik tadbirkorlar ham kompaniyadan 10 milliard so‘mgacha kafillik olishi mumkin bo‘ladi.
O‘zA