Xususiy tibbiyotda to‘plangan ulkan tajriba, yangi texnologiyalar, malakali kadrlar tadbirkorlar uchun bu soha jozibadorligini oshirib, sifatni yaxshilashga turtki bermoqda.
Buni 7 yilda xususiy klinikalar 3,5 mingdan 8,5 mingtaga ko‘payganida ham ko‘rish mumkin.
– Sizlar bilan birga O‘zbekistonni mintaqadagi yuqori texnologik tibbiyot xabiga aylantirishimizga ishonaman. Buning uchun yana qanday sharoit kerak bo‘lsa, barchasini qilib berishga tayyorman, - dedi Prezidentimiz.
Xususan, chegara hududlarda klinika, reabilitatsiya markazi, mehmonxona va laboratoriyalarni o‘z ichiga olgan tibbiyot klasterlari tashkil qilinadi.
Ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun 200 million dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi. Bunda tibbiyot klasterlarini barpo etgan tadbirkorlarga 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan 17 foizli arzon kreditlar beriladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
O‘zA