FOTOREPORTAJ

Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Namangan viloyatida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari hamda maktab bozori faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Namangan shahrining Usmon Nosir ko‘chasi hamda Davlatobod tumani “Yashil” dehqon bozorida ana shunday bayram yarmarkalari tashkil etildi. Bu yerda viloyat tumanlari hamda “Chorsu”, “Sardoba” bozorlaridan keltirilgan mahsulotlarni xarid qilish mumkin. Bayram savdo yarmarkasi orqali 50 dan ortiq turdagi kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari, poliz ekinlarini aholiga maqbul narxlarda yetkazib berish maqsad qilingan. 

Savdo rastalari har kuni yangi va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, non va non mahsulotlari, go‘sht, guruch kabi dasturxon uchun eng kerakli noz-ne’matlar bilan to‘ldirib borilmoqda. 

Yarmarka faoliyati viloyat, shahar, tumanlar hokimliklari, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va tegishli tashkilotlar tomonidan nazorat qilib borilishi ta’minlangan. 

[gallery-24830]

Ma’lum qilinishicha, dastlabki kunning o‘zida 1800 kilogramm mol va qo‘y hamda 500 kilogrammdan ortiq tovuq go‘shti sotilgan bo‘lsa, 5000 tonna kartoshka, 10 ming tonnaga yaqin sabzi-piyoz, yana shuncha poliz, 6 ming tonnadan ziyod guruch hamda dukkakli mahsulotlar rastalardan joy oldi.

Viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov bayram yarmarkasi faoliyati bilan tanishdi. Savdo rastalarini har kuni yangi va sifatli mahsulotlar, dasturxoni uchun kerakli noz-ne’matlar bilan to‘ldirib borish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. 

Bayram yarmarkalari 5 sentyabrga qadar davom etadi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda bayram yarmarkalari ish boshladi