Toshkentda “O‘zbekiston, Ozarbayjon va Yevropa: umumiy taraqqiyot yo‘lida hamkorlik” mavzusida yuqori darajali uchrashuv davom etyapti.

O‘zA muxbiri konferensiyada ishtirok etayotgan Latviya va Serbiya Respublikalari sobiq yetakchilari fikrlarini yozib oldi.

Valdis Zatlers, Latviya Respublikasining sobiq (2007-2011 yillar) Prezidenti:

Экс-президент Латвии и ликвидатор аvaрии в Чернобыле Valdis ...

– O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan, aholi zich joylashgan mamlakat sifatida Markaziy Osiyo taraqqiyotida har tomonlama yetakchi o‘rin egallashga qodir. Ayni jarayonda mintaqaviy hamkorlik ulkan muvaffaqiyatlar kaliti, iqtisodiy yuksalish, aholi farovonligiga erishish garoviga aylanishi mumkin. Ayniqsa, fuqarolarning kundalik turmushida haqiqiy ijobiy o‘zgarishlarni his qilish muhim. O‘zbekistonga har o‘n yilda kelib turaman va har safar ijobiy o‘zgarishlarni ko‘ryapman. Bu meni yana va yana mamlakatingizga safar qilishga undaydi.

Mazkur konferensiyadan ko‘zlangan maqsad – bir-birimiz bilan yuzma-yuz gaplashish. Yevropa Ittifoqi, Kavkaz mamlakatlari va albatta mahalliy ekspertlar hamjamiyati vakillari tinchlik, barqarorlik va ishonchga asoslangan mintaqalararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish usullarini muhokama qilyapmiz. Global noaniqlik sharoitida ziddiyat emas, balki birga ishlash farovonlikka yetaklashi aniq.

O‘zbekiston ta’siri Markaziy Osiyoning barcha davlatlarida seziladi. Tarixiy nuqtai nazardan bu zamin tarbiyalagan buyuk shaxslar jahon sivilizatsiyasiga muhim hissa qo‘shgan. Biz madaniy meros markazlari – Samarqand, Buxoro, Xivani taraqqiyot asosi sifatida qadrlaymiz.

Yana bir gap: har qanday o‘lkaga uzoqni ko‘ra oladigan yetakchi kerak. Shunday yo‘lboshchisi bo‘lgan mamlakat jadal rivojlanish imkoniga ega bo‘ladi. Rahbar uchun esa islohot va mintaqaviy hamkorlik yurtga aynan nima berishini jamiyatga tushuntirish, o‘zgarishlarni his qilib borish, g‘oyalarni hayotga tatbiq etish yo‘lida muayyan jasoratga ega bo‘lish juda muhim.

Shu nuqtai nazardan e’tirof etish joiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev milliy iqtisodiyotni isloh qilish va liberallashtirish yo‘lini tanlab, dunyo bo‘ylab turli murakkabliklar va beqarorlik kuchayib borayotganiga qaramay, barqaror yuqori o‘sish sur’atini ta’minlab kelmoqda.

Toshkent va boshqa shaharlar ko‘chalarida sayr qilar ekansiz, odamlarning xush kayfiyati, taraqqiyotga nisbatan ishonchini tuyasiz. Haqiqat chiroyli so‘zda emas, balki oddiy odamlar ongida shakllanadi. O‘zbek xalqi, ko‘rib turganingizdek, olib borilayotgan islohotlardan mamnun.

Markaziy Osiyo, ayniqsa, aholi soni bo‘yicha mintaqadagi eng yirik davlat hisoblangan O‘zbekiston uchun bu muhim ahamiyatga ega. Qat’iy ishonch, amaliy loyihalar va uzoq muddatli kun tartibi umumiy muvaffaqiyat uchun asos bo‘la oladi.

Boris Tadich, Serbiya Respublikasining sobiq (2004-2012 yillar) Prezidenti:

– O‘zbekistonning tarixi buyuk va hozir ham bu o‘lka nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo uchun beqiyos ahamiyatga ega. Zero, mintaqa bugungi kunda dunyoda geostrategiyasi uchun eng nozik hududlardan biri. Binobarin, O‘zbekiston ta’sirisiz Markaziy Osiyo barqarorligi, taraqqiyotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Men nafaqat siyosat, balki raqamlashtirish, iqtisodiy rivojlanish, texnologiya taraqqiyoti, ta’lim kabi muhim sohalarni ham nazarda tutyapman.

Birinchidan, juda muhim demografiyaga ega respublikada tug‘ilish darajasi yuqori, aholi yosh va global taraqqiyot jarayonida bevosita ishtirok etishni xohlaydigan yuksak maqsadli kishilar bisyor.

Insoniyat tarixidagi eng muhim davrlarda O‘zbekiston xalqi muhim o‘rin egallagan. Va hozirgi kunda Prezident Shavkat Mirziyoyev yanada ulkan zamonaviy islohotlar boshida turibdi. Biz buni juda qadrlaymiz.

Aytish o‘rinliki, Kaspiy dengizining ikki tomonida siyosat, energetika, texnologiya, global tinchlik nuqtai nazaridan bizga juda yaqin do‘st bo‘la oladigan ikki davlat bor.

Toshkentdagi yig‘inda turli mamlakatlardan kelgan delegatlar qatnashyapti. Biz uchun O‘zbekiston va Ozarbayjon, qolaversa boshqa davlatlar va ko‘p tomonlama institutlar bilan muloqot olib borishni xohlaymiz.

Ushbu forum har tomonlama samarali bo‘lishi uchun bor imkoniyatdan foydalanamiz. Go‘zal mamlakatlarimiz porloq kelajagini ta’minlashga o‘z fikrimiz, qarashlarimiz bilan hissa qo‘shmoqchimiz.

O‘zA muxbiri O‘tkir Alimov tayyorladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston, Ozarbayjon va Yevropa: Yangi geostrategik platforma shakllanmoqda