Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda muhokama qilindi.

— Bugungi kunda davlat organlari mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash yagona qonunchilik hujjati bilan tartibga solinmagan, — dedi deputat A.Bo‘riyev. — Xususan, bugungi kunda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash o‘ndan ortiq qonunlar va qonunosti hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Mazkur qonun loyihasi bilan yetkazilgan zararning o‘rnini kompensatsiya qilish, hududiy kompensatsiya jamg‘armasi hisobidan qoplab berilgan mablag‘larni keyinchalik aybdor deb topilgan davlat organining mansabdor shaxsidan to‘liq miqdorda regress tartibida undirib olish, hududiy kompensatsiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish tartibi belgilanmoqda. Ya’ni, jismoniy yoki yuridik shaxsga yetkazilgan hamda sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan moddiy va (yoki) ma’naviy zararning o‘rnini qoplashda yagona amaliyot yo‘lga qo‘yilib, yetkazilgan zarar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi hududiy kompensatsiya jamg‘armalaridan qoplanadi. Keyinchalik aybdor shaxsdan tegishli davlat organi orqali regress tartibida undirib olinadi.

Ushbu hujjat fuqarolarning davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash hamda aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishni nazarda tutadi, — dedi deputat.

Shuningdek, ma’ruzachi deputat qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida amalga oshirilgan ishlar haqida ham batafsil ma’lumot berdi. Deputatlarning taklif va tavsiyalaridan kelib chiqib, ayrim norma va moddalar qisqartirilgani, loyiha yanada takomillashtirilganini qayd etdi. Ayrim normalardagi nomuvofiqliklar bartaraf etilib, asosiy tushunchalar yuridik texnik jihatdan tahririy qayta ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi.  

Moddama-modda muhokamalarda xalq vakillari bir qator aniqlashtiruvchi savollarni o‘rtaga tashladilar. Qizg‘in muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda ham qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Muhtarama Komilova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zararning o‘rnini qoplash instituti mustahkamlanmoqda