Tailandda tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida xalqaro turnir start oldi. Unda mamlakatimiz sharafini Maksim Shin va Ilya Ignatov yakkalik hamda juftlik bahslarida himoya qilmoqda.

Musobaqaning juftlik bellashuvlarida Ilya Ignatov gretsiyalik sherigi Markos Kalovelonis bilan birga mezbon tennischilar — Terapat Xantiviravat va Nattabyut Nitxitananont juftligini 7:5, 6:2 hisobida mag‘lub etdi va chorak finalga yo‘l oldi. Ignatov va Kalovelonis ushbu bosqichda tailandlik juftliklar — Pannavat Suttisomboon / Kamonpayakorn Txadpong hamda Krittin Koayakul / Jirat Navasirisomboon uchrashuvi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.

Shuningdek, juftliklar yo‘nalishida Maksim Shin Janubiy Koreya vakili Dong Ju Kim bilan birgalikda ishtirok etmoqda. Ular ilk bosqichda qozog‘istonlik Grigoriy Lomakin va AQSH sharafini himoya qilayotgan Maykl Ju juftligiga qarshi kortga chiqadi.

Maksim Shin yakkalik bellashuvlarida ham ishtirok etmoqda. Uning ikkinchi davradagi raqibi qozog‘istonlik Grigoriy Lomakin bo‘ladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischilarimiz muvaffaqiyatli start oldi