O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan so‘nggi bellashuvda "Xorazm" 1:0 hisobida "Qizilqum" ustidan g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, ushbu tur yakuniga ko‘ra, “Nasaf” 40 ochko bilan jadvalning eng yuqori pog‘onasida qoldi. Bir ochkoga ortda qolayotgan “Neftchi” ikkinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Dinamo” 37 ochko jamg‘arib, kuchli uchlikdan joy oldi. Ular ortidan “Bunyodkor” va OKMK 34, “Paxtakor” esa 33 ochko jamg‘argan holda keyingi pog‘onalarda bormoqda.  

Superliganing 7-o‘rnini “Navbahor” 31 ochko bilan band etib turgan bo‘lsa, “Qizilqum” 25 ochko to‘plagan holda 8-pog‘onadan joy oldi. “Surxon” 23 ochko, “Andijon” 21 ochko, “So‘g‘diyona” 20 ochkoga ega bo‘lib 9-11 o‘rinlarda qayd etildi.  

Kechagi muvaffaqiyatdan so‘ng “Xorazm” ochkolarini 19 taga yetkazib, 12-pog‘onaga ko‘tarildi. “Mash’al” va “Qo‘qon-1912” klublari bir xil - 18 ochkodan jamg‘arib, chempionatning 13 va 14-jamoalariga aylandi. Quyi o‘rinlarda “Buxoro” 14, “Sho‘rtan” 10 ochko bilan qoldi.

O‘zbekiston Superligasida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeyev e’tirof etilmoqda. Uning hisobida hozirgacha 12 ta gol bor. Keyingi o‘rinlarda 9 tadan gol bilan “So‘g‘diyona” yetakchisi Lyupcho Doriev va “Nasaf” hujumchisi Husayn Norchayev joylashgan.

Superliganing 20-turi 20-23 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Quyida mazkur tur uchrashuvlari bilan tanishasiz:  

20 avgust, chorshanba, “Sho‘rtan” – “Navbahor”, “So‘g‘diyona” – “Dinamo”;

21 avgust, payshanba: “Neftchi” – “Mash’al”, “Buxoro” – “Qo‘qon-1912”;

22 avgust, juma: “Andijon” – “Paxtakor”, “Qizilqum” – “Bunyodkor”;

23 avgust, shanba: “Surxon” – “Nasaf”, “OKMK” – “Xorazm”

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Superliga chempionligi uchun kurash qizg‘in kechmoqda