Mamlakatimizda sport federatsiyalari faoliyatini kuchaytirib, natijador sport turlari geografiyasini kengaytirish hamda terma jamoalar uchun maqsadli o‘quv-mashg‘ulotlarini tashkil etish borasidagi yondashuvlar o‘z samarasini bermoqda.

Davlatimiz rahbari 18 avgust kuni Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasining ma’muriy binosida ham bo‘lib, bu yerdagi infratuzilmadan samarali foydalanish borasidagi taqdimot bilan tanishdi.

Maydoni 100 gektardan ziyod bo‘lgan Olimpiya shaharchasida 5 ta asosiy sport majmuasi – o‘n ikki ming o‘rinli stadion, velodrom, suv sporti saroyi, yakkakurashlar va jamoaviy o‘yinlar majmualari qurildi. Shaharchada Sport vazirligi, Antidoping agentligi, Davlat sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqotlar instituti, Sport turlarini rivojlantirish markazi ham joylashtirilgan.

Mazkur hududda xalqaro darajadagi musobaqalar o‘tkaziladi, mamlakatimiz terma jamoalarining o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Bu yerda yurtdoshlarimizning ham sport bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyatlar yaratilgan.

Prezident taqdimotda sport sohasini raqamlashtirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va rejalashtirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. “Raqamli hukumat” orqali integratsiya qilish jarayonlari, sportchilarning mashg‘ulotlar o‘tkazishida Face ID tizimining ahamiyati kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari sport faoliyatini kuchaytirish, xalqaro hamkorliklar uchun imkoniyatlar yaratish hamda Olimpiya shaharchasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/svESdCNQyzU?si=fYze-OX6DJtm0WOW" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Abdulaziz RUSTAMOV,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport sohasini raqamlashtirish borasida taqdimot qilindi (+video)