“Financial Times” jurnali qo‘lga kiritilgan hujjat nusxasiga tayanib yozishicha, Ukraina Rossiyaga hududiy imtiyoz berilishi va front chizig‘i muzlatilishi kabi kelishuv shartlariga qarshi chiqib, Moskvadan o‘t ochishni to‘xtatish va tovon to‘lashni talab qilmoqda.

– Hujjatga ko‘ra, Ukraina Rossiya uchun hududiy imtiyoz aks etgan hech qanday bitimni qabul qilmaydi va to‘liq tinchlik kelishuviga erishish uchun birinchi qadam sifatida o‘t ochishni to‘xtatish talabini qo‘yadi, – deyilgan bayonotda. – Kiyev frontning qolgan qismini muzlatish taklifini rad etadi. Rossiyaning muzlatilgan aktivi bilan qoplanishi mumkin bo‘lgan tovon so‘raydi. Ukraina AQSHdan xavfsizlik kafolati olish bo‘yicha kelishuv doirasida, Yevropa mablag‘idan foydalangan holda, AQSHdan 100 milliard dollarlik qurol sotib olishga va’da beradi. Kiyev va Vashington Ukraina kompaniyalari bilan dron ishlab chiqarish bo‘yicha 50 milliard dollarlik shartnoma tuzishi mumkin.

Tramp kecha Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan muzokara o‘tkazdi. Ochiq suhbat bor-yo‘g‘i yarim soat davom etdi. Muloqotda NATO Bosh kotibi Mark Ryutte, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya Kansleri Fridrix Mers, Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb, Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirok etdi.

AQSH Prezidenti ijtimoiy tarmoq orqali suhbat “juda samarali” kechganini yozgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar Ukraina uchun qator Yevropa davlatlari tomonidan AQSH bilan kelishilgan holda taqdim etiladigan xavfsizlik kafolatini muhokama qilgan. Shuningdek, Tramp Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv, so‘ngra o‘zining shaxsan ishtirokida uch tomonlama muzokaraga tayyorgarlik ko‘rishini ham e’lon qilgan.

Kreml xabarida uchrashuvdan so‘ng Tramp RF yetakchisi Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Oq uydagi muloqot yakuni yuzasidan ma’lumot bergani aytilgan. Davlat rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov ta’kidlashicha, suhbat samimiy va konstruktiv tarzda o‘tgan.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiyev hududiy imtiyoz berish va front chizig‘ini muzlatishga qarshi