Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazi hududida triatlon bo‘yicha harbiy sportchilar o‘rtasida 25-jahon chempionati boshlandi.

Musobaqada dunyoning 13 davlatidan 100 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. Bellashuvlar ikki toifada — yakkalik va jamoaviy guruhlar o‘rtasida o‘tkazilmoqda. Sportchilar 750 metrga ochiq suv havzasida suzish, 19 kilometr velopoyga hamda 5 kilometr yugurish bosqichlarida kuch sinashadi.

Kecha chempionatning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston triatlon federatsiyasi, Mudofaa vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi rahbariyati, nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.  

[gallery-24814]

Marosimda xalqaro harbiy sport kengashi (CISM) Bosh kotibi Roberto Rechchiya hamda Triatlon sport qo‘mitasi prezidenti Viktor Lopes Antolin “Jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedovga xalqaro harbiy sport kengashining faxriy ordeni topshirildi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy triatlonchilar musobaqaga kirishdi