Vatanimiz tarixidagi 19 avgust sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1422 yil (bundan 603 yil oldin) – temuriyzoda Muhammad Jo‘giyning o‘g‘li mirzo Muxammad Qosim dunyoga keldi. Bu voqeani tarixchi olim Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha qayd etgan: “Saodat xabarchilari: «saltanat yulduzi iqbol matlaidan tulu’ qildi va davlat kavkabi podshohlik ufqidan bolqidi», – deb bashorat berdilar; ramazonning boshida mirzo Muhammad Qosimning tal’atidan jahon ro‘shnolik topdi, olam yuzi uning zohir bo‘lish nuridan yangidan ravnaq kasb etdi. «Farzand – yurak mevasidir» (so‘zi)ning mazmuni bo‘lmish bu tug‘ilishning sodir bo‘lishidan mirzo Muhammad Jo‘giyning umid va xotirjamlik niholi va shodmonlik daraxtining mevasi unib chiqdi hamda u nuri diydaning humoyun tal’ati va o‘tli hilolidan jon ko‘zining ravshanligi ortdi. Mirzo Muhammad Jo‘giy katta to‘y tuzdi va davlat arkonlari ham (hoqoni said Shohrux mirzo) hazratlarining a’yonlariga in’omu ikromlar ko‘rsatdi”.

1498 yil (bundan 527 yil oldin) – temuriyzoda Sulton Husaynga zamondosh bo‘lgan, uning davlatidagi mashhur tabiblardan biri, Alisher Navoiy tomonidan barpo etilgan Dorushshifoda ishlagan Mavlono Qutbiddin Muhammad Odam vafot etdi. Bu voqeani tarixchi olim Xondamir quyidagicha bayon etgan: “Mavlono Qutbiddin Muhammad Odam zamon tabiblarining eng bilimdoni va davron hakimlarining eng afzali bo‘lib, kasalliklarni davolash va xastaliklarni aritishda Masiho nafasini namoyon qilardi. Ammo yaxshi xulq bilan tavsiflanmagan edi. 904 yil boshlarida oxirat olamiga ketdi”.

Xondamir mazkur tabbibni o‘z davrining Buqroti (Gippokrati) va  Jolinusi (Galeni) deb ham e’tirof etadi. “Oliymaqom amir (Alisher)ning, e’tiqodi va chiroyli himmati tufayli, – deb yozadi Xondamir, – o‘z qadamini ulug‘lik va shuhrat cho‘qqisiga qo‘ydi va bir necha muddat onhazrat (Alisher)ning Dorushshifosida dars berib turdi. Oxiri odamlarning g‘iybati tufayli bu ishdan voz kechdi”. Sharqshunos olim Mahmud Hasaniyning yozishicha, o‘rta asr sharoitida, odamlar orasida ig‘vo va bo‘hton avjiga chiqanini bu parchadan yaqqol sezish mumkin. Demak, mavlono Qutbiddinning dushmanlari shunday buyuk tabibga ig‘vo toshini otib, o‘z ishidan ketishga majbur qilishgan.

1886 yil (bundan 139 yil oldin) – O‘zbekistan xalq rassomi Aleksandr Volkov tavallud topdi (vafoti 1957 yil). U o‘z ijod namunalarida O‘zbekistan manzaralari va kishilarini gavdalantirgan. Asarlarida milliy xarakter, mehnatsevarlik, hayot shavqi aks ettirilgan. 

1932 yil (bundan 93 yil oldin) – O‘zbekiston Xalq Komissarlari Kengashi va Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining qaroriga asosan O‘zbekiston hunarmandchilik ittifoqi va uning tarkibiga kirgan mavjud birlashmalar tugatildi hamda maishiy xizmat ko‘rsatish tizimidagi umumiy rahbarlik qilish yangi tashkil etilgan O‘zbekiston hunarmandchilik kengashiga berildi.

1946 yil (bundan 79 yil oldin) – immunolog olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Firuz G‘arib tavallud topdi. Olimning ilmiy faoliyati immunologiya, virusologiya va mikrobiologiyaga oid. Uning rahbarligida mamlakatimizda ilk bor organizmning immun holatini tiklovchi “Immunomodulin” preparati ishlab chiqilgan. 

1994 yil (bundan 31 yil oldin) – Moskvada O‘zbekiston bilan Gruziya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish haqida Protokol imzolandi.

1999 yil (bundan 26 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Pezidentining “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Pezidentining “Avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – Prezident qarori bilan “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Mazkur ko‘krak nishoni bilan mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, mahsulot va xizmatlarni eksport qilish, yetuk mutaxassislar tayyorlash hamda biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna bo‘layotgan tadbirkorlar taqdirlanadi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida «International inclusive hub» xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mashhur tabib Mavlono Qutbiddin Navoiyning Dorrushshifosidan nega ketgan? 