To‘rt yildan buyon respublika yoshlari o‘rtasida futbol hamda mini-futbol bo‘yicha o‘tkazib kelinayotgan Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarining nufuzi va geografiyasi yildan-yilga ortib bormoqda.

Yoshlar o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘layotgan mazkur ommaviy sport tadbiri uch bosqichda o‘tkazilmoqda.

O‘yinlarning birinchi bosqichi tuman/shaharlar kesimida aprel-may oylarida, ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida iyun-iyul oylarida tashkil etildi.

Ta’kidlash lozimki, bu yilgi "DXX kubogi" musobaqalari respublika bo‘yicha 254 ming nafardan ortiq yoshlarni qamrab olgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Kuni kecha respublika final bosqichiga qur’a tashlash marosimi tashkil etildi.

Bugun, 18 avgustdan “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida o‘yinlar boshlandi. Unda 42 ta jamoa g‘oliblik uchun kurashmoqda.

Musobaqalarning final o‘yini 23 avgust kuni “Jar” stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan. 

Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o‘rinni egallagan jamoalar hududiga universal sport maydoni, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar mahallasiga “Stritbol” sport maydoni qurib berilishi nazarda tutilgan.

Qizlar musobaqasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/WbVHXx7LC4k" title="Futbol: "DXX kubogi" final bosqichi bahslari boshlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

T.Ro‘ziyev, N.Abduvoitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: "DXX kubogi" final bosqichi bahslari boshlandi