Bugun Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashingtonda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi.
Kutilayotgan muloqot haqida Zelenskiy 15 avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tgan Tramp va Putin muloqotidan taxminan bir necha soat o‘tgach, ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, Putin bilan muzokara tugagandan keyin AQSH yetakchisining Ukraina va Yevropa yetakchilari bilan telefon orqali suhbati bo‘lib o‘tgan.
Bu haqda Zelenskiy ijtimoiy tarmoq sahifasida quyidagilarni qayd etgan:
– Oldiniga Prezident Tramp bilan telefon orqali suhbatimiz yakkama-yakka, keyin esa Yevropa yetakchilari ishtirokida uzoq va mazmunli suhbatga aylandi. Umuman, biz bir yarim soatdan ko‘proq suhbatlashgan bo‘lsak, shuning bir soati men va Tramp o‘rtasida kechdi. Dushanba kuni Vashingtonda Prezident Tramp bilan uchrashib, urush bilan bog‘liq barcha muhim tafsilotlarni muhokama qilish rejamiz bor, deb yozgan va taklif uchun Trampga minnatdorlik bildirgan. U shuningdek, urushni imkon qadar tezroq tugatish istagi borligini aytar ekan: - Qrimni va Sharqiy yerlarimizning bir qismini berishga majbur qilishdi. Natija nima bo‘ldi, Putin bundan yangi hujum uyushtirish uchun maydon sifatida foydalandi. Yoki 1994 yilgi Ukrainaga berilgan “xavfsizlik kafolati”ni olaylik, bu ham ish bermadi.Xullas, biz haqiqiy tinchlik o‘rnatilishini xohlaymiz, degan u.
Zelenskiy, shuningdek, Tramp va Putin o‘rtasidagi suhbat mazmunidan xabardorligiga shama qilib, “Amerika qudrati vaziyat rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi", deya qo‘shimcha qilgan.
Bugungi kutilayotgan Zelenskiy va Tramp uchrashuvida Yevropa davlatlari yetakchilarining ishtiroki ham kutilayapti.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/idxz9w3LChI" title="BUGUN ZELENSKIY TRAMP BILAN UCHRASHADI" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA