Ma’lumki, ta’lim sifatini yuksaltirishda davlat ta’lim standartlarini xalqaro talablarga mos tarzda takomillashtirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu jihatdan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNISEF va Cambridge University Press & Assessment tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha mahalliy mutaxassislar uchun seminar-trening tashkil etilmoqda.    

Ushbu seminar-treningdan ko‘zlangan maqsad xalqaro tajriba va milliy tizimning ustuvor jihatlarini uyg‘unlashtirish, o‘quv dasturlari xalqaro standartlarga mosligini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish, o‘quv dasturlarini kompetensiyaga asoslangan ta’lim talablariga mos ravishda takomillashtirish, ularning izchilligi va uzviyligini ta’minlash, ta’lim jarayoniga ilg‘or metodik yondashuvlarni joriy etishdan iborat.  

– Ushbu trening mamlakatimizda ta’lim sohasida kechayotgan islohotlarning jadallashuviga ko‘mak beradi, – dedi Respublika ta’lim markazi matematika fani bo‘yicha metodist Bahodir Haydarov. – Ta’lim sohasidagi jarayonlar bilan kengroq tanishish maqsadida o‘tgan yili Kembrijga borib, ko‘p tajribalar, yangiliklarni o‘rgandik. Keyin 9 oy davomida barcha fanlardan o‘quv standartlari, dasturlarni qayta tayyorlashga kirishildi. Bu borada ishchi guruhning 200 nafardan ortiq a’zolari o‘qitildi. Ta’lim bo‘yicha davlat stardartlarining yangicha varianti tayyorlandi. Ushbu seminarda bu boradagi ishlar keng va atroflicha tahlil etiladi.  

Darhaqiqat, mazkur seminar-treninglar umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish jarayoniga jalb etilgan mahalliy mutaxassislar, xususan, olimlar, amaliyotchi  o‘qituvchilar hamda metodistlar uchun tashkil etildi.  

Seminar mashg‘ulotlari poytaxtimizdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Kembrij tashkilotining 8 nafar xalqaro ekspertlari tomonidan olib borilmoqda.  

Treninglarda 125 nafar mahalliy mutaxassislarning o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish yuzasidan salohiyati oshiriladi.  

Seminar-trening davomida o‘quv dasturlarini loyihalash modellari, bosh maqsadlari, mazmun qamrovi, o‘quv dasturlarini muvozanatlash, o‘zaro kesishuvchi xususiyatlar, o‘quv dasturlarining uzviyligi, maqsadlarning aniqligi, kontekstning ahamiyati, “tenglik–xilma-xillik-inklyuzivlik-mansublik” xususiyatlari kabi mavzular atroflicha muhokama etiladi.  

Nazokat Usmonova,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim standartlarini takomillashtirish va xalqaro tajriba