Bugungi kunda ayrim tadbirkorlar soliq to‘lovlaridan qochish, shuningdek, yana boshqa omillar sababli ishchi-xodimlarni norasmiy ravishda ishga qabul qilishga urinishadi. Ayniqsa, kichik va mavsumiy bizneslarda bu holat keng tarqalgan. Tadbirkorlar norasmiy ishga qabul qilishni iqtisodiy ehtiyoj bilan asoslaydilar. Ammo bu qisqa muddatda foyda keltirsa-da, uzoq muddatda salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatdagi korxonalarning 22 foizida norasmiy ishchilar bor. Eng ko‘p norasmiy bandlik umumiy ovqatlanish sohasida — 39 foiz, qurilishda — 29 foiz, qishloq xo‘jaligi sohasida — 25 foiz va savdo sohasida — 17 foiz qayd etilgan.  

Norasmiy ishchilar ishga qabul qilinishining asosiy sabablari sifatida xarajatlarning pastligi (49 foiz), ishga olish va bo‘shatish imkoniyatining osonligi (36 foiz), mavsumiy ishchi kuchiga ehtiyojning yuqoriligi (33 foiz) hamda soliq majburiyatlarining yo‘qligi (13 foiz) ko‘rsatilgan.

Ta’kidlash lozimki, norasmiy ishchilarning ulushi juda yuqori bo‘lishi ishchilarning mehnat huquqlari buzilishiga olib keladi, soliq tushumlari kamayishi hisobiga davlat byudjetiga katta zarar yetkazadi, teng raqobat muhitini buzadi.

Shu bois, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi o‘zining elektorati vakillari bo‘lgan tadbirkorlarni iqtisodiy halollikka va soliqdan qochmaslikka chorlamoqda. Partiya norasmiy bandlikni kamaytirish va shu orqali iqtisodiyotga soliq tushumlarini ko‘paytirishni mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omili deb hisoblaydi. Bugun to‘layotgan soliqlarimiz o‘zimizning va farzandlarimizning kelajagi uchun eng katta sarmoya ekanini qayd etadi.  

Darhaqiqat, bugungi kunda tadbirkorlar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani, ish beruvchilarga turli imtiyozlar taqdim etilayotgani inobatga olinganda, norasmiy bandlikni kamaytirishga jiddiy yondashish katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy halollik va soliq madaniyatini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirish, qonuniy ish o‘rinlarini ko‘paytirish va milliy taraqqiyotga xizmat qiladi.  

Muhtarama Komilova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zLiDeP tadbirkorlarni halollikka, soliqdan qochmaslikka chorlamoqda