Futbol bo‘yicha ekspertlar Yevropa futbolidagi transferlar tarixini tahlil qildi va O‘zbekiston, Gruziya, Ukraina, Armaniston, hamda Rossiyadan yetishib chiqqan, eng qimmat narxga boshqa jamoaga ko‘chib o‘tgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.

Quvonarlisi, ushbu ro‘yxatning oltinchi pog‘onasidan O‘zbekiston terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi a’zosi Abduqodir Husanov ham o‘rin oldi. Himoyachimiz Fransiyaning “Lans” jamoasidan 40 million yevroga “Manchester Siti” klubiga transfer qilingan edi.

Quyida reytingning eng qimmat beshta transferlar ro‘yxati bilan tanishasiz:

1. Xvicha Kvaratsxeliya, Gruziya (€ 75 mln, “Napoli”dan PSJga);

2. Mixail Mudrik, Ukraina (€ 70 mln, “Shaxtyor Donetsk”dan “Chelsi”ga);

3. Ilya Zabarniy, Ukraina (€ 63 mln, “Bornmut”dan PSJga);

4. Andrey Shevchenko, Ukraina (€ 43,88 mln, “Milan”dan “Chelsi”ga);

5. Genrix Mxitaryan, Armaniston (€ 42 mln, “Borussiya Dortmund”dan “Manchester Yunayted”ga).

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abduqodir Husanov yana bir muhim reytingdan o‘rin oldi