Sirdaryo viloyatida davlat tili qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish yo‘nalishida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida mahalliy hokimiyat organlari qabul qilgan barcha qaror va farmoyishlar davlat tili talablariga to‘liq muvofiq ravishda tayyorlandi. “E-qaror” tizimi orqali ko‘rib chiqilgan 4 mingdan ziyod hujjatning barchasi davlat tilida rasmiylashtirildi.

Shu bilan birga, 1754 ta ko‘cha nomi ekspertizadan o‘tkazilib, davlat reyestriga kiritildi. 1150 dan ziyod reklama va peshlavhalar davlat tiliga moslashtirildi.

Viloyatda xizmatchilarning til savodxonligini oshirishga e’tibor kuchaydi. Yarim yillikda 230 nafar xodim davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘quv kurslarini tamomladi. Ma’naviy-ma’rifiy sohada esa “Sirdaryo viloyati toponimlari” monografiyasi va “Joy nomlari izohli lug‘ati” nashr etildi.

–  Davlat tilining hayotning har bir jabhasida qo‘llanishi milliy o‘zlik va g‘ururni yuksaltirishga xizmat qiladi. Bu yil 4 mingdan ziyod hujjat davlat tilida rasmiylashtirilgani esa amaliy natijaning yaqqol ifodasidir,  –  deydi viloyat hokimining maslahatchisi G‘aybulla Yusupov.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ona tilimiz nufuzi yanada oshmoqda