Toshkent tumanidagi universal sport majmuasida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining stritbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan viloyat bosqich bellashuvlari musobaqasida Quyi Chirchiq va olmaliqlik yoshlar muvaffaqiyatga erishdi.
Yigit va qizlar stritbol yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazgan bahslar sarhisobiga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-o‘rin Quyi Chirchiq tumani, 2-o‘rin Yangiyo‘l shahri, 3-o‘rin Toshkent viloyat Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasidagi bahslarda 1-o‘rin Olmaliq shahriga, 2-o‘rin Chinoz tumaniga hamda 3-o‘rin Yangiyo‘l shahri vakillariga nasib etdi.

“Prezident Olimpiadasi”da ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan g‘olib va sovrindor jamoalar, sportchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA