O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tashabbusi bilan mamlakatimiz hududlarida sport murabbiylari, shifokorlar va mas’ul xodimlar uchun “Dopingga qarshi kurash” mavzusida 24 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

Navbatdagi mashg‘ulotlar Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Dastlab, Termiz shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 122 nafar mutaxassisga antidoping ta’limoti bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.

Mashg‘ulotning ikkinchi bosqichi Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani va Qarshi shahrida davom ettirildi. Unda 135 nafar ishtirokchiga Butunjahon antidoping kodeksida belgilangan sport tashkilotlarining roli va majburiyatlari, doping qoidabuzarlik turlari, taqiqlangan moddalar bilan ishlash tartibi, natijalarni boshqarish mexanizmi hamda nazorat jarayoni haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Malaka oshirish kursining asosiy maqsadi sportda poklik va adolatni ta’minlash, xalqaro standartlarga muvofiq bilim va ko‘nikmalarni oshirish, shuningdek, dopingga qarshi kurashishda samarali chora-tadbirlarni kuchaytirishdan iborat.

Mashg‘ulotlar yakunida barcha tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi. Ushbu tashabbus orqali nafaqat mutaxassislarning malakasi oshirilmoqda, balki sportda shaffoflik va ishonch mustahkamlanmoqda.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dopingga qarshi kurash bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etildi