Nukus shahrida “SQB eko yarim marafon” nomli yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Unda 10, 5 va 2 kilometr masofalarga yugurish uchun 2 ming nafarga yaqin aholi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi M.Atamuratov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili” bo‘yicha davlat dasturi doirasida navqiron avlodga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Barcha hududlarda, ta’lim va mehnat jamoalarida turli musobaqalar o‘tkazilmoqda.  

Davlat dasturida jamoaviy sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish vazifasi belgilangan. Shunga muvofiq, qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.  

Musobaqa yakunida g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar, pul mukofotlari topshirildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom bo‘lay desang – yugur