Xabaringiz bor, o‘tgan hafta yakunida Yevropa qit’asining turli davlatlarida futbol bo‘yicha milliy chempionatlar start olgan edi. Ushbu chempionatlar orasida kuchli beshlik birinchiligidan tashqari Turkiya Superligasiga ham qiziqish yuqori.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, so‘nggi yillarda mazkur Superliga musobaqasida o‘zbek legionerlari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Ayniqsa, bu yilgi chempionatda Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayevning ishtiroki musobaqaga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.

Kuni kecha Turkiya Superligasining birinchi turidan o‘rin olgan "Istanbul Bashakshehir" – “Kayserispor" klublari ishtirokidagi bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Quvonarlisi, bahsda Eldor Shomurodov 70 daqiqa o‘ynadi. Darvoqe, ushbu jamoadagi yana bir futbolchimiz Abbosbek Fayzullayev transfer to‘lovi bilan bog‘liq muammolar sabab qaydnomaga kiritilmadi.  

 Ushbu bahsdan so‘ng "Bashakshehir" va "Kayserispor" jamoalarida 1 ochkodan bor.

Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida qayd etilan natijalar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Ispaniya La Ligasining 1-turida "Atletiko Madrid” safarda "Espanol" ustidan  2:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, "Atletik Bilbao" 3:2 hisobida "Sevilya" klubini taslim etdi. “Barselona” safarda “Malorka” mehmoni bo‘lib, 3:0 hisobida g‘alab qozondi.

Ushbu musobaqaning birinchi turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki uchrashuv 19-20 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bugun "Elche" — "Real Betis" jamoalari to‘qnash kelsa, ertaga "Real Madrid" — "Osasuna" klublari bahsiga guvoh bo‘lamiz.

Angliya Premer-ligasining 1-turidayoq markaziy o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Arsenal"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuvdagi yagona golga Rikkardo Kalafori 14-daqiqada mualliflik qildi. Shuningdek, "Chelsi" o‘z maydonida "Kristal Pelas"ni qabul qildi va o‘yinda hisob ochilmadi.

Fransiya chempionatida musobaqaning amaldagi chempioni “PSJ” safarda "Nant" klubi mehmoni bo‘ldi va 0:1 hisobida zafar quchib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.  

Shu tariqa, Liga 1 musobaqasining ilk turi yakunlandi. Unga ko‘ra,  "Monako", "PSJ", "Strasburg", "Lion", "Tuluza", "Oser", "Anje" va "Renn" klublari g‘alaba qozondi. "Lill" va "Brest" o‘rtasidagi bellashuv dramatik o‘tdi hamda 3:3 hisobida durang qayd etildi. Bu ikki jamoa turnir jadvalida 1 ochkodan bo‘lishib oldi. Birinchi turda muvaffaqiyatsizlikka uchragan "Nant", "Lans", "Loryan", "Mets", "Nitssa", "Marsel" va "Gavr" klublari ochkosiz qoldi.

Italiyada A seriya musobaqasi joriy hafta yakunida start oladi. Ushbu mamlakatda ayni damda Italiya kubogi bahslari o‘tkazilmoqda. Dastlabki bahsda “Milan” jamoasi “Bari” klubini 2:0 hisobida taslim etdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida ilk o‘yinini o‘tkazdi