Shamsiddin Ibrohim o‘g‘li 1893 yil Samarqandda “Xo‘ja nisbatdor” mahallasida tavallud topgan. Dastlab otasining tashabbusi bilan 5 yoshida mahallasidagi maktabda ta’lim ola boshlaydi. Besh yil davomida boshlang‘ich ta’lim va diniy ilmlarni o‘rganadi.
Samarqandda 1901 yilda “Rajab Amin” qishlog‘ida Abdulqodir Shakuri tomonidan yangi usul maktabi ochilgach ushbu maktablar soni ko‘paya boshlaydi. Ana shu kezlarda “Xo‘ja nisbatdor” mahallasida Hoji Muin tarafimdan yangi usul maktabi ochilib yoshlarga ta’lim beradi.
Shamsiddin Ibrohim o‘g‘li keyingi ta’dlimini Hoji Muinning maktabida davom ettiradi va 2 yil davomida ushbu maktabda tahsil oladi. So‘ngra “Shakuriy” maktabida o‘qib, so‘ngi sinfida ruscha darslarni o‘rgandi. U o‘z bilmini oshirish uchun Istanbulga bormoqchi bo‘lgan, biroq iqtisodiy ahvoli sabab bu niyati amalga oshmay qoladi. Shunga qaramay Samarqand shahar maktabi (Gorodskoy uchilish)ga kirib o‘z bilmini oshiradi. Uchilishni tamomlagach bir muddat turmush tirikchiligi bilan turli ishlarni qiladi. 1917 yildan Samarqandda tashkil etilgan musulmon ishchilarining “Ittifoq” jamiyatiga kirib o‘z faoliyatini davom ettiradi. Uning faol vakili sifatida Samarqanda tashkil etilgan askar, ishchi va dehqon sho‘rosi yig‘ilishlarida ishtirok etgan. U 1917 yilda Qo‘qonda bo‘lgan musulmonlarning 4 qurultoyiga Samarqand musulmon ishchilar jamiyati tomonidan vakil bo‘lib ishtirok etgan.
U forscha, turkcha va rus tillarini yaxshi bilgan. Yig‘inlarda erkin fikrlashi va notiqligi bilan xalq e’tiboriga tushgan edi. Uning nufuzi ortib borishi qora kuchlarga yoqmasligi natijasida 1918 yil 25 yoshida fitnachilar tomonidan o‘ldirib yuborilgan.
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi soni Turkiston jadidchiligining g‘oyaviy yetakchilaridan biri sifatida tanilgan Shamsiddin Ibrohim o‘g‘li hayotiga bag‘ishlanadi.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/tHXBia0vdoA" title="Shamsiddin Ibrohim o`g`li " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA