Germaniya Superkubogidan o‘rin olgan "Shtutgard" – "Bavariya" o‘rtasidagi o‘yin 1:2 hisobida yakunlandi.
Ushbu g‘alaba orqali Kompani boshchiligidagi "Bavariya" klubi Germaniya Superkubogini boshi uzra ko‘tardi
***
Angliya Premer-ligasining ilk turida Xosep Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" safarda "Vulverxempton" ustidan 0:4 hisobida zafar quchdi. Quvonarlisi ushbu o‘yinda hamyurtimiz Abduqodir Husanov 82-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Shuningdek, mazkur chempionat diorasida "Tottenxem" – "Byornli"ni 3:0 hisobida tasli etdi. Mazkur bellashuvdagi gollarga Risharlison (dubl) hamda Jonson mualliflik qildi.
***
BAA Pro-ligasining ilk turidan o‘rin olgan "Al-Ayn" – "Al Bataeh" klublari o‘rtasidagi bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. E’tiborlisi,
"Al Bataeh" tarkibidagi yagona golni hamyurtimiz Aziz G‘aniyev 69-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasidan kiritdi.

***
Turkiya Superligasining 2-turidan o‘rin olgan "Alanyaspor" - "Rizespor" o‘rtasidagi to‘qnashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. O‘zbekisto milliy terma jamoamiz a’zosi va yetakchisi Husniddin Aliqulov esa bellashuvni to‘liq o‘tkazdi. Shuningdek, uchrashuvning 65-daqiqasida hamyurtimiz sariq kartochka bilan jazolandi.
***
Ispaniya La Liganing birinchi turida Xans-Diter Flik boshchiligidagi "Barselona" safarda "Malorka" bilan to‘qnash kelib, 0:2 hisobidagi g‘alabaga ega chiqdi. Ushbu turda Madridning "Rayo Valekano" jamoasi esa Kataloniyada "Jirona" ustidan 1:3 hisobida zafar quchdi.
***
Fransiyaning Liga 1 futbol chempionatining ilk uchrashuvida "Renn" o‘z maydonida "Marsel" kulbini 1:0 hisobida taslim etdi. o‘zaro kuch sinashdi. Unda mezbonlar kichik hisobda g‘alabaga erishdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA