Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Silk Road to Tokyo” xalqaro turnirida ilk g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi. Quvonarlisi, ular orasida bir qator sportchilarimiz ham o‘rin oldi.

Jumladan, erkaklar o‘rtasida bosqon uloqtirish bahsida Suhrob Xo‘jayev bronza, medaliga sazovor bo‘ldi. Qizlar orasidagi ushbu yo‘nalishda Malika Nasriddinova oltin, Yuliya Shukina kumush va Parizod Abdullayeva bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida 110 metrga to‘siqllar osha yugurishda Ergash Normurodov marraga uchinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, ayollar toifasida 100 metrga to‘siqlar osha yugurishda Niginabonu Rajabova  birinchi va Shahrizoda Qodirova uchinchi o‘rinni egalladi. Ayollar o‘rtasidagi 400 metrga yugurish bo‘yicha final bahsida Irina Levina kuchli uchlikdan joy oldi.  

Xotin-qizlar o‘rtasida uzunlikka sakrash bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarda Sharifa Davronovaga teng keladigani topilmadi. Uning ortidan esa yana bir vakilamiz Roksana Xudoyorova ikkinchi o‘rinni egalladi. Amir Nagayeva va Vadim Chkalov esa erkaklar o‘rtasida balandlikka sakrash yo‘nalishida 2-3 pog‘onalarda qayd etildi.  

Eslatib o‘tamiz, Butunjahon yengil atletika federatsiyasining bronza darajasidagi ushbu nufuzli musobaqa jahon chempionatiga reyting ochkolarini taqdim etadi. Unda dunyoning 15 davlatdan 250 nafarga yaqin yengil atletikachilar o‘zaro raqobatlashamoqda.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Silk Road to Tokyo” musobaqasida atletlarimiz porlamoqda