2025 yilda Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatini 60 nafar o‘quvchi birtirgan edi. Yaqinda e’lon qilingan test natijalariga ko‘ra, ularning barchasi oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilindi.
Jumladan, 42 nafar o‘quvchi davlat granti, 18 nafari esa kontrakt asosida talabalar safidan joy oldi.

--Bu natijani faxr bilan aytishim mumkin — biz uddaladik. Har bir o‘quvchim bugun talabaga aylangan. Ular – Yangi O‘zbekistonning bilimli, izlanuvchan farzandlari. Ularning har biri — mening uchun qahramon. Men bu yutuq bilan faxrlanaman,-- deydi maktab-internat direktori Odil Norov.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri