Abdurauf Fitrat ijodi va faoliyati yaqin tariximizning eng porloq sahifalaridan birini tashkil qiladi. Uning zamonida adabiyotni jamiyatga xizmat qildirish bilan shug‘ullanmagan ijodkorni topish qiyin bo‘lsa-da, so‘z va ish birligini hech kim u olib chiqqan maqomga ko‘tara olgan emas. U adabiyot va madaniyatninggina emas, siyosatning ham tan olingan arboblaridan edi.

U butun umri davomida Ona-Vatanni ozod va obod qilish dardi bilan yashadi. Bu buyuk ishtiyoq uni Vatan va Millat fidoyilaridan tashkil topgan "Yosh buxoroliklar" jamiyatini tuzishga muvaffaq bo‘lgan. So‘ngroq mustaqil partiya sifatida faoliyat yuritgan ushbu jamiyatning pirovard maqsadi qadam-baqadam borib, istiqlolni qo‘lga kiritish va islohotlar yordamida mustaqil demokratik davlat qurishdan iborat edi.

Abdurauf Fitrat O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi o‘zbek adabiyotining asoschilaridan, tan olingan dramaturg, nosir, shoir va zabardast olimdir.

"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi soni yozuvchi, shoir, jurnalist, siyosiy arbob va Turkiston jadidchiligining g‘oyaviy yetakchilaridan biri sifatida tanilgan Abdurauf Fitratning "Qiyomat" asari tahliliga bag‘ishlanadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/AkIz6fSfo0E" title="Fitratning &quot;Qiyomat&quot;i" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fitratning "Qiyomat"i (+video)