Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyatidagi oziq-ovqat bozorlarida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi.

Bayramoldi yarmarkalarida aholiga turli qishloq xo‘jaligi va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda taklif etilmoqda. Shuningdek, narx-navo barqarorligini ta’minlash uchun mutasaddilar bozorlarda bo‘lib, savdo yarmarkalari bilan yaqindan tanishmoqda.

Angor tumani hokimi Q.Mardonov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Zokirov, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i E.Narmonov Angor dehqon bozorida bo‘lib, bu yerda ish boshlagan savdo yarmarkasini ko‘zdan kechirdi. Xaridorlar va sotuvchilarga yaratilgan sharoitlar, mahsulotlar sifati, turi va narxlari o‘rganildi.  

Denov tumani hokimi I. Abrorov, tuman prokurori F. Xoliqov va tuman ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh. Normurotov “Denov baraka yashil olami” savdo majmuasida xizmat ko‘rsatayotgan savdo yarmarka bilan yaqindan tanishib, rastalarni aylandi. Mahsulotlarning sifati va narxlari bilan qiziqdi. Tadbirkorlar va xaridorlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

O‘rganishlar chog‘ida bozorlarda narx-navoni asossiz oshirmaslik, tozalik va osoyishtalikni saqlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirilmoqda.

Ayni paytda viloyatdagi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida bir kilogramm mol go‘shti 80 so‘m va qo‘y go‘shti 90 so‘mdan sotilmoqda. Shuningdek, boshqa asosiy turdagi oziq-ovqat va daladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib kelinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ham arzon narxlarda xarid qilinmoqda.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari ish boshladi