Vatanimiz tarixidagi 16 avgust sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

980 yil (bundan 1045 yil oldin) – hijriy 370 yil safar oyining boshida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino tavallud topdi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, safar oyi 16 avgustdan boshlanib 14 sentyabrgacha davom etadi. Ibn Sino mana shu oy ichida dunyoga kelgan. Hozircha uning tug‘ilgan kuni aniqlanmagan. Safar oyining birinchi kuni 16 avgust kuniga to‘g‘ri kelgani uchun uni 16 avgustda tug‘ilgan deb yozishadi (ba’zi manbalarda uning tug‘ilgan kuni safar oyining uchinchi kuni, deb ko‘rsatiladi, bu esa 18 avgustga to‘g‘ri keladi).

Ibn Sinoning 450 dan ortiq asaridan falsafa, tibbiyot, mantiq, ruhshunoslik, kimyo, biologiya, minerologiya, geologiya, astronomiya, matematika, musiqa, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bag‘ishlangan 242 (160) tasi bizgacha yetib kelgan. U bir muddat Xorazm Ma’mun Akademiyasida faoliyat olib borgan. Tibbiyotni nazariy va amaliy jihatlardan bir tizimga solish orqali ushbu sohani bir necha asrlarga ilgarilatgan, ayrim yo‘nalishlarda, hatto hozirgi zamon tibbiyotiga yaqinlashtirgan.

Uning “Tib qonunlari” asari XII asrdan boshlab lotin tiliga o‘girilgan va 30 martadan ortiq nashr qilinib, Yevropa universitetlarida asosiy darslik sanalgan, 800 yil mobaynida Sharq va G‘arb tabibu shifokorlari uchun qo‘llanma bo‘lgan.

1422 yil (bundan 603 yil oldin) – Amir Temur vafot etgan chog‘da o‘rdagoxda bo‘lmaganligi tufayli, qonuniy valiahd hisoblansa-da, taxtga chiqolmagan temuriyzoda Pir Muhammad Mirzoning beshinchi o‘g‘li Buzanjar Mirzo 21 yoshida vafot etdi. U hech qayerda hukmronlik qilmagan. Temuriylar hukmdori Shohruh Mirzo saroyida xizmat qilgan. Tarixchi Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Buzanjar Mirzoning vafotini eshitgan Shohruh Mirzo, darhol uning maskaniga borib, sag‘ir qolgan bolalari va beva qolgan xotiniga hamdardlik bildirgan.

1844 yil (bundan 181 yil oldin) – “Muntaxab ut-tavorix” asari muallifi Muhammadhakimxon To‘raning ma’lumotiga ko‘ra, Qo‘qon xoni Sheralixon Murodxon tomonidan qatl qilindi. Shunda u 55 yoshda bo‘lgan, 2 yil va bir oyu 25 kun xonlik qilgan. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Qo‘qon xoni Olimxonning o‘g‘li Murodxon 9 kunlik xonlikdan keyin 23 avgust kuni qipchoqlar qo‘lida Musulmonqul va Muhammadnazarbek rahbarligida o‘ldirilgan. Sheralixonning o‘g‘li Xudoyorxon 24 avgustda taxtga ko‘tarilgan. Xudoyorxon uch marotaba Qo‘qon taxtiga o‘tirgan.

1877 yil (bundan 148 yil oldin) – Toshkentda tashkil etilgan Toshkent shahar Dumasiga saylovlar boshlandi. 30 avgustda uning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Dumada Sirdaryo harbiy gubernatori boshchiligida maxsus hay’at tuzilib, u saylovchilar ro‘yxatini tuzish, shahar jamoatchilik boshqaruviga saylov o‘tkazish bo‘yicha ish olib bordi. 4 yilda bir marta o‘tkaziladigan saylovda 25 yoshga to‘lgan fuqarolar, asosan, savdogarlar, yirik korxonalar va uy egalari ishtirok etganlar. Toshkent shahar hokimi bir vaqtning o‘zida Duma raisi ham bo‘lgan.

1910 yil (bundan 115 yil oldin) – Xiva xoni, shoir va bastakor Muhammad Rahimxon soniy Feruz yurak falajidan vafot etdi. 1908 yilda Muhammad Rahimxon soniy Feruz payg‘ambar yoshiga to‘lgani sababli, elga katta to‘y bergan edi. Oradan ikki yil o‘tib, xon 66 yoshida dunyodan o‘tdi. Shu kuni Xorazm taxtiga uning to‘rtinchi o‘g‘li Sayyid Asfandiyor to‘ra ko‘tarildi. Ertasiga Feruzning o‘zi qurdirgan Arkning oldidagi madrasa sahnida janozasini o‘qib, otasi Sayyid Muhammad Mohi ro‘yi jahonning qubbayi oliylarida tuproqqa qo‘yildi. Taxtda 47 yilu 15 kun o‘tirgan Muhammad Rahim Bahodirxon shubhasiz Xiva xonligi tarixida o‘chmas iz qoldirgan davlat arboblaridan biri edi.

1939 yil (bundan 86 yil oldin) – yozuvchi, dramaturg, publitsist, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Abduqahhor Ibrohimov tavallud topdi (vafoti 2020 yil). Uning adabiy faoliyati o‘tgan asrning 60-yillarida boshlangan. “Til – taqdir demak”, “Vatan tuyg‘usi” (hamkorlikda), “Bizkim, o‘zbeklar” kabi badiiy va siyosiy-publitsistik asarlarida til, ko‘hna milliy davlatchiligimiz tarixi aks ettirilgan. U 1999 yilda “Mehnat shuxrati” ordeni bilan mukofotlangan.

1994 yil (bundan 31 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mintaqaviy bank o‘quv markazi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi «Yoshlar-kelajagimiz» jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalar farzandlarining umumta’lim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘qishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Vaqt va chastota xizmati faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino tavalludiga 1045 yil to‘ldi