Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

So‘nggi yillarda mamlakatimizda “yashil” energetika yo‘nalishida, xususan, quyosh va shamol energiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mavjud stansiyalarning ish faoliyatini takomillashtirish, quyosh panellarini o‘rnatish imkoniyatlarini kengaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish ko‘lamini izchil oshirish bu sohadagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini tashkil etadi.

Ayniqsa, aholi, tadbirkorlik sub’ektlari va ijtimoiy soha ob’ektlarida quyosh energiyasidan foydalanish nafaqat elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlamoqda, balki tabiiy gaz sarfini kamaytirish va atrof-muhitga chiqadigan zararli moddalar miqdorini qisqartirishga ham xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Ekologik diplomatiya va “yashil” iqtisodiyot loyihalari bo‘limi bosh mutaxassisi Furqat Qurbonov bilan suhbatimiz “yashil” energetika sohasida amalga oshirilgan islohotlar samaralari xususida bo‘ldi.

Ochig‘ini aytish kerak, o‘n yil oldin xalqimiz “yashil” energetika haqida hech qanday tushunchaga ega emas edi. Hatto mamlakatimizda qator quyosh elektr stansiyalarining barpo etilishi mumkinligi haqida ham o‘ylab ko‘rmagan. Bugun esa elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi manbalarning ulushi 30 foizga yetdi. Dastlab quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida to‘xtalib o‘tsangiz.

– Ha, to‘g‘ri ta’kidladingiz. Keyingi yillarda energetika sohasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, biz “yashil” energetikani rivojlantirish va ishlab chiqarish ulushi bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlarida yetakchilik qilyapmiz. Darhaqiqat, 2019 yildan boshlab energetika sohasida tub islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, nazorat, ishlab chiqarish va yetkazib berish faoliyatlari bir-biridan ajratildi, bozor mexanizmlari joriy etildi. Bu choralar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishga xizmat qildi. Yangilangan huquqiy baza va dekarbonizatsiyaga qaratilgan tashabbuslar sohaga ochiqlik va shaffoflik baxsh etdi.

So‘nggi besh yilda energetika sohasiga jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 25 milliard AQSH dollaridan oshdi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvati 50 foizga ortib, 25 gigavattga yetdi. Shu bilan birga, infratuzilma keng ko‘lamda modernizatsiya qilindi, quyosh va shamol energiyasiga ixtisoslashgan 4 gigavattlik inshootlar hamda 300 megavatt quvvatga ega energiya saqlash tizimlari ishga tushirildi.

2025 yilda yana 3,5 gigavatt quvvatga ega qayta tiklanuvchi energiya manbalari va 1,8 gigavattlik energiya saqlash tizimlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. 2030 yilga qadar elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi manbalar ulushini 54 foizga yetkazish maqsad qilingan.

– Bugungi kunda qancha quyosh elektr stansiyalari faoliyat yuritmoqda, ularning umumiy quvvati va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari qanday?

– Aytish joizki, hozirgi vaqtda yurtimizda umumiy quvvati 4 ming 119 megavatt bo‘lgan 11 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va 4 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish 2022 yilda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘sha yili ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi tomonidan jami 434 million kVt⋅soat, 2023 yilda esa 576,9 million kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

2024 yili respublikamizdagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 4 milliard 860 million kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 2024 yil iyul oyida ishlab chiqarilgan 1 milliard 246 million kVt⋅soatlik energiyaning 760,9 million kVt⋅soati quyosh elektr stansiyalari, 485,4 million kVt⋅soati esa shamol elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Joriy yil iyul oyida mazkur stansiyalar tomonidan 1 milliard 246 million kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, mamlakatimiz energetika tizimi uchun yangi rekord o‘rnatildi. May oyida quyosh va shamol elektr stansiyalari orqali 1 milliard 104 million kVt⋅soat energiya ishlab chiqarilib, oylik ilk rekord natija qayd etilgan edi. Iyul oyidagi ko‘rsatkich esa may oyidagidan 142 million kVt⋅soatga ko‘proq bo‘ldi.

– O‘zbekistonda shamol energetikasini rivojlantirish va yangi stansiyalarni ishga tushirish jarayonlari qay tarzda amalga oshirilmoqda?

–Mamlakatimizda shamol energetikasi yo‘nalishidagi amaliy ishlar so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarildi. 2023 yil dekabr oyida Navoiy viloyatining Tomdi tumanida mamlakatimizdagi birinchi shamol elektr stansiyasi tantanali ravishda ishga tushirildi. Ushbu marosimda davlatimiz rahbari shaxsan ishtirok etgan bo‘lib, bu loyihaning 100 megavatt quvvatga ega birinchi bosqichi foydalanishga topshirilgan edi.

Bugungi kunga kelib, shamol elektr stansiyalari soni 4 taga yetdi. Hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida navbatdagi stansiya qurilishi qizg‘in davom etmoqda. Shuningdek, Toshkent viloyatida ham shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlangan.

Ushbu loyihalarning barchasi xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshirilmoqda. Mazkur yutuqlar davlatimiz tomonidan yaratilgan qulay investitsion muhit va chet ellik tashabbuskorlar uchun berilayotgan keng imkoniyatlar samarasidir.

–Xususiy sektor va fuqarolar uchun quyosh panellari o‘rnatish imkoniyatlari va imtiyozlari qanday?

– Bu yo‘nalishdagi ishlarimiz yanada ahamiyatli. Negaki, bugungi kunda davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli nafaqat yirik “yashil” energetika stansiyalari, balki xususiy tadbirkor va fuqarolar ham ushbu manbani ishlab chiqarmoqda. Prezidentimiz tegishli qarori bilan bu borada ham yaxshi tizim yaratildi va tajriba orttirildi.

Shu ishlar asosida xususiy sektor va fuqarolar uchun quyosh panellari o‘rnatish imkoniyatlari va imtiyozlari mamlakatimizda keyingi yillarda sezilarli darajada kengaydi. Bu sohada davlat siyosatining asosiy maqsadi aholi va biznes sub’ektlarini qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga rag‘batlantirish hamda energiya tejamkorlikni ta’minlashdan iborat.

Bu ishlar natijasini raqamlar asosida tahlil qilsak. 2025 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 129 ming 826 ta ob’ektda umumiy quvvati 1 ming 650 MVt bo‘lgan kichik quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan. Jumladan, 19 ming 904 ta ijtimoiy soha ob’ektida 376,9 MVt, 29 ming 678 ta tadbirkorlik sub’ektida 885,4 MVt, 78 ming 140 ta aholi xonadonida 361,1 MVt va 2 ming 104 ta ko‘p qavatli uyda 26,6 MVt quvvat yaratilgan.

Joriy yilning yetti oyida mazkur panellar orqali 875 million kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 265 million metr kub tabiiy gaz tejaldi va 294 ming tonna zararli chiqindilarning havoga chiqishi oldi olindi.

Bugungi kunda xususiy uy-joy egalari ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini “netting” tizimi orqali umumiy tarmoqqa sotishi mumkin. Shu bilan birga, quyosh panellari va invertorlar importi bojxona bojlari hamda QQSdan ozod etilgan. Tijorat banklari esa imtiyozli kreditlar taqdim etmoqda. 

Qisqacha aytganda, davlat tomonidan quyosh panellari o‘rnatishda moliyaviy ko‘mak, soliq va bojxona imtiyozlari, tarmoqqa ulanishda yengilliklar hamda energiya sotish imkoniyati yaratilgani tufayli bu yo‘nalish xususiy sektor va fuqarolar uchun tobora jozibador bo‘lib bormoqda.

– Davlatimiz ushbu sohada yana bir katta qadam tashladi. Unga ko‘ra, respublikamizda ishlab chiqarilgan “yashil” energiya Yevropa mamlakatlariga yetkazib beriladi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasida imzolangan “yashil yo‘lak” bitimi mamlakatimiz uchun qay darajada strategik ahamiyatga ega?

– “Yashil yo‘lak” bitimi mamlakatimiz uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, tashqi iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri - xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Prezidentimiz belgilab bergan ustuvor vazifalardan biri sifatida O‘zbekiston Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan hamkorlikda Yevropaga “yashil” energiya eksport qilishga qaratilgan “Green Corridor” loyihasini amalga oshirmoqda.

Loyiha doirasida texnik ishlar va kelishuvlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilyapti. “Yashil yo‘lak” tizimi qayta tiklanuvchi manbalardan olingan energiyani uzoq masofaga samarali yetkazib berish uchun zamonaviy infratuzilma yaratishni nazarda tutadi. Bu nafaqat O‘zbekistonning energetika salohiyatini xalqaro bozorda namoyon etish, balki mamlakatimizni mintaqaviy “yashil” energiya xablaridan biriga aylantirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, bitim logistika va savdo jarayonlarini soddalashtirish, bojxonada ortiqcha to‘siqlarni kamaytirish, tranzit yo‘nalishlarini optimallashtirish imkonini yaratadi. Bu esa eksport salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tezlashtirishga xizmat qiladi.

Muxtasar aytganda, “yashil yo‘lak” loyihasi O‘zbekiston uchun iqtisodiy, energetik va geosiyosiy jihatdan ulkan imkoniyatlar ochib, mamlakatimizni xalqaro savdo va energetika bozorlarida raqobatbardosh hamda mintaqaviy hamkorlikda faol ishtirokchi sifatida mustahkamlaydi.

O‘zA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva suhbatlashdi.

Doniyor Yoqubov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video-montaj),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil” energetika ham aholi ehtiyoji, ham daromad manbaiga aylanmoqda (+video)