2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, 2026 yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini qo‘shimcha 30 milliard kVt soatga oshirib, jami 100 milliard kVt soatga yetkazish vazifasi belgilandi. Bunda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga olib chiqish orqali yiliga qariyb 3 milliard kubometr tabiiy gazni tejash rejalashtirilgan.

Jumladan, so‘nggi yillarda respublika bo‘yicha 129 829 ta ob’ektga 1 650 MVt quyoshpanellari o‘rnatilgan bo‘lib, bojxona organlari ishchi guruhlari tomonidan nazoratga olindi va ma’lumotlar “Yashil energiya” axborot tizimiga kiritildi. 

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi” doirasida ijtimoiy soha va davlat idoralarining salkam 20 mingta ob’ektiga 377 MVt, tadbirkorlik sub’ektlarining 30 mingga yaqin inshootiga 885 MVt, ko‘p qavatli 2 mingdan ortiq uylarga 27MVt, aholining 78 136 ta xonadonlariga 361 MVt quyosh panellari o‘rnatildi. Masalan, birgina Chilonzor tumanining “Katta do‘mbrobod” mahallasi aholisi quyosh panellarining iqtisodiy samarasini biri-biridan eshitib, uni o‘rnatishga barcha faol kirishdi. Natijada mahalla ahli elektr energiyadan iqtisod qilgan mablag‘laridan boshqa kommunal to‘lovlarini to‘lab, muqobil energiya samarasini ko‘rmoqdalar. Eng muhimi mahallaning elektr jihozlari to‘la quvvatlanib ishlamoqda.

- Aprel oyining oxirida quyosh paneli o‘rnatgandim, shu kungacha uyda konditsioner ishlab turibdi, 2ta elektromobil quvvatlanmoqda, shunday bo‘lsada davlatga pul to‘layotganim yo‘q, - deydi ushbu mahallada yashovchi Botir Nazarov. – Undan tashqari hamyonimga 3 mln so‘mga yaqin pul yig‘ildi. Quyosh paneli o‘rnatadigan korxona buni o‘rnatdi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari ro‘yxatga olishdi. 10 kilovattligini 44 mln so‘mga qo‘ydim. Mendan ko‘rib akam 15 kilovattligini 55 mln so‘mga o‘rnatdi. 

O‘z navbatida ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat va monitoring jarayonlarida 2 139 ta ob’ektga 29 MVt quyosh panellari o‘rnatilmagan holatlari aniqlanib, bartaraf etildi. 276 ta inshootga o‘rnatilgan 5.7 MVt panellar ishchi holatda emasligi ma’lum bo‘ldi va «Yashil energiya» axborot tizimida bekor qilindi.

O‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida yuzdan ortiq davlat oliy ta’lim muassasalari 57 MVt quyosh panellari o‘rnatib, belgilangan reja 125 %ga bajarildi va yana 17 ta yurtimizda ta’sis etilgan xorijiy oliygoh 1.8 MVt quyosh panellarini o‘rnatdi.

Bu borada ayniqsa Toshkentdagi Sinapur menejmentni rivojlantirish instituti tomonidan amalga oshirilgan ishlar e’tiborga molik. Oliygoh hovlisida va tom qismlarida biror-bir bo‘sh joy qolmagan. Xatoki institut hududidan oqib o‘tuvchi ariq tepasidan ham unumli foydalanilgan. Zero, oliygoh jamoasi quyosh panellarining qanchalik afzalligini allaqachon his qilishdi. 

- Institutimiz hududida 2024 yiljami 700 ta quyosh paneli o‘rnatildi, - deydi institut mutaxassisi Jahongir Kenjayev. – Ular bizning institutimiz elektr energiyasining 70% sarfini qoplayapti. Masalan, 6.5 ming kilovatt ishlatsak, shuni 4.5 ming kilovattini quyosh panellari hisobiga qoplayapmiz. 

Shu bilan birga 74 ta bojxona ob’ektlariga o‘rnatilgan 4 MVt quyosh panellari va 63 ta geliokollektor yordamida 8.2 mln kVt/soatdan ortiq elektr energiya iqtisod qilindi.

“Shaxsiy namuna” tashabbusi bilan hovlida yashovchi 239 nafar bojxona xodimi yashash xonadoniga 1529 kVt, tadbirkorlarga
tegishli bo‘lgan 135 ta ombor va 15 ta TIF bojxona postlariga 41 MVt quyoshpanellari o‘rnatildi. Bundan tashqari, quyosh panelidan foydalanish istagi boru, lekin iqtisodiy imkoni yetmayotgan 120 nafar xodimga ssuda ajratish orqali 700 kVt quyosh panellari o‘rnatib berildi.

O‘zbekiston RespublikasiPrezidentining 2025 yil 30 yanvardagi farmoni bo‘yicha joriy yilda respublika bo‘ylab 31 269ta ob’ektga 665 MVt quyosh panellari va salkam 3 mingta inshootga 1 179 ming litr geliokollektor, 3ta ob’ektda 7.2 MVt kichik gidroelektr stansiyalari ishga tushirildi. 

Albatta, respublikamiz bo‘yicha o‘rnatilayotgan quyosh panellarini узлуксиз yetkazib berish vaularga sifatli servis xizmatlarini ko‘rsatish bugungi kun talabidir. Shularni inobatga olib Yangiyo‘l tumanida quyosh panellari ishlab chiqarish korxonasi barpo etildi. Tadbirkor Baxtiyor Hafizovning aytishicha 2023 yilda tashkil etilgan korxona mahsulotlariga bo‘lgan talab bugun ikki barobarga oshgan. 

1 gektar maydonda Italiya davlatidan keltirilgan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish uskunalari yordamida tayyorlanayotgan mahsulot to‘liq zamon talablariga javob beradi. Loyiha qiymati 5.5 mln dollar bo‘lgan korxona bir yilda 367.5 ming dona quyosh paneli ishlab chiqaradi va bu yerda 55 ta zamonaviy mutaxassislik bo‘yicha yangi ish o‘rni yaratilgan. 

Xullas bugun dunyoda energiya rusurslarning taqchilligi kuzatilayotgan bir vaziyatda O‘zbekistonda sohaga davlat darajasida e’tibor qaratilishi, elektr energiya barqarorligiga erishishda, yer resurslaridan samarali foydalanishda va eng muhimi ona tabiatni asrashda katta ahamiyatga egadir. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GyEOfVrZSmA" title="Quyosh panellarining afzalligi nimada?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quyosh panellarining afzalligi nimada? (+video)