O‘rik – nafaqat mazali, balki inson sog‘lig‘i uchun juda foydali meva hisoblanadi. U ko‘plab vitamin va minerallarga boy bo‘lib, organizmni turli kasalliklardan himoya qiladi. Ayniqsa, A, C vitaminlari, temir, kaliy va antioksidantlar bilan to‘yingan o‘rik immun tizimini mustahkamlash, qon aylanishini yaxshilash, oshqozon-ichak faoliyatini tartibga solish, teri sog‘lig‘ini saqlashda muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston o‘rik mevasini yetishtirish bo‘yicha yetakchilik qiladi. Mos iqlim sharoiti va bozor talabi orqali o‘riklarimiz jahon miqyosida eksport qilinmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil birinchi choragida O‘zbekiston 14 ta xorijiy davlatga jami 23,4 ming tonna o‘rik eksport qilgan. Eksportning umumiy qiymati 18,8 million AQSH dollariga teng bo‘lib, bu sohadagi eksport salohiyatining katta ekanini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston 2025 yilning 7 oyida quyidagi davlatlarga eng ko‘p o‘rik eksport qilgan:

Rossiya – 17 ming 111 tonna, 

Qozog‘iston – 4 ming 256 tonna, 

Qirg‘iziston – 1 ming 249 tonna, 

Ukraina – 305 tonna, 

Belarus –218 tonna, 

Iroq – 142 tonna, 

Ozarbayjon – 40 tonna, 

Polsha – 39 tonna va boshqa davlatlarga 86 tonna mahsulot. 

Rossiya eng katta eksport bozori bo‘lib, umumiy eksportning katta qismini tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston va Qirg‘iziston turgan bo‘lib, ular mintaqaviy bozorda O‘zbekiston o‘riklari uchun muhim yo‘nalish hisoblanadi. 23,4 ming tonna eksport ko‘rsatkichi O‘zbekiston o‘rik sanoatining jadal rivojlanayotganini anglatadi. Eksport qiymatining 18,8 million dollarga yetgani mahsulot sifatining ham yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.

Eksport hajmining oshishi va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlari orqali O‘zbekistonda o‘rik sanoati yanada rivojlanishi mumkin. Shu bilan birga, sifat va raqobatbardoshlikni oshirish orqali xalqaro bozorlarda mustahkam o‘rin egallash imkoniyati mavjud.

Dildora DO‘SMATOVA, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda o‘rik eksporti oshmoqda