Shu yil 14 avgust kuni “Umra – 2025/2026” mavsumining ilk guruh ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. 240 nafar hamyurtimiz Jidda shahriga yo‘l oldi.
Yurtdoshlarimiz dastlab Madina shahrida 3 kun, so‘ngra Makka shahrida 7 kun muborak ziyoratda bo‘ladi.

Ziyoratchilar zamonaviy mehmonxonalarda istiqomat qilishadi. Ularga 3 mahal issiq ovqat, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruh, taniqli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali shifokorlar hamrohlik qilib, ziyorat va ibodatlar xotirjam o‘tishini ta’minlaydi.
Shuningdek, Makka va Madina shaharlarida muborak joylarni ziyorat qilish bilan birga, Jidda shahridagi Qizil dengizga sayohatga ham olib boriladi.
Hamroz Bayanov,
O‘zA