Tarix zarvaraqlarida shoni va nomi hech qachon o‘chmaydigan, abadiylikka muhrlangan makonlar bisyor, biroq Samarqand shunday shaharki, o‘tmishning o‘zi kabi nafas oladi, boqiylikka intilib yashaydi. Bu ko‘hna kentning har siqim tuprog‘i, har bir g‘ishti, havosi, har giyohida sir-sinoat yashirin.

Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan Samarqand turli imperiyalar, qadimgi xonliklar davrini ko‘rdi, faqat xaritadagi nuqta emas, balki asrlar davomida sultonlar, mutafakkirlar va shoirlar tomonidan bitilgan ilohiy ash’or kabidir. Insoniyatga xos ijodkorlik, sabr va ruhiy yuksalish ramzi sifatida hamon buyuk. Shu bois dunyoda Samarqand xayoli bilan yashayotgan, jannatmonand bu go‘shani ziyorat etish, umrida bir bor ko‘rishni orzu qiladigan insonlar sanoqsiz.

Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan oqilona siyosat tufayli bugun mazkur muazzam shahar bor tarovati, go‘zalligi bilan jahonga qayta ochildi. Bu yerga dunyoning turli mintaqalaridan sayohatchilar emin-erkin kelib ketadigan bo‘ldi. Qolaversa, xalqaro siyosatchilar, ekspertlar tilida “Samarqand ruhi” tushunchasi paydo bo‘ldi.

Hozirgi globallashuv davrida ijtimoiy tarmoq rivojlangan, odamlar qisqa xabar o‘qishga odatlangan bir paytda yangi jurnal yoki gazetani nashrdan chiqarib, jamoatchilikka taqdim etish oson ish emas.

Ma’lumki, o‘tgan yil Samarqand davlat universiteti muassisligida o‘zbek tilida “Samarqandim” nomli ilmiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy, tarixiy, ommabop jurnal chop etila boshlandi. Yurtimiz ziyolilari, mushtariylar ko‘nglidan joy olayotgan ushbu nashr endi ingliz tilida “My Samarkand” nomi bilan ham chiqmoqda.

Maqsad – ko‘hna va hamisha navqiron kentning shonli tarixi, bugungi qizg‘in hayoti, shu zaminda tug‘ilgan, yashagan, faoliyat ko‘rsatgan insonlar umr daftarini yoritish hamda keng targ‘ib etish. Ahil jamoa yangilanish, bunyodkorlik, azim shahar hayoti va yon-atrofda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar, sirga to‘la tarixiy jarayonni baholi qudrat o‘quvchilarga yetkazish, sodda til va samimiy ruhda tahlil, talqin qilish mas’uliyatini olib, yo‘lga chiqqan.

“My Samarkand”ning ingliz tilidagi ilk soni siz, aziz o‘quvchini nafaqat vaqt va makon bo‘ylab sayrga, balki Samarqand qalbiga chorlaydi. E’tibor bersak, jurnal mundarijasi rang-barangligiga guvoh bo‘lamiz.

Nishona sonning ilk sahifalari viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Adiz Boboyev va Samarqand davlat universiteti rektori, loyiha rahbari Rustam Xolmurodovning mulohazalari bilan boshlangan.

O‘zbekiston Qahramoni, marhum adabiyotshunos Ozod Sharafiddinovning “Poyezddan tushib, birinchi ko‘rganim non bo‘ldi. Samarqand noni!”,O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning “Temur qurdirgan minoralar...”, “BMB Holding” kompaniyasi asoschisi, O‘zbekiston futzal federatsiyasi rahbari Behzod Mamatqulovning “Tungi fikrlar”, marhum faxriy jurnalist Safar Ostonovning “Odamlar nimani qadrlashadi?”, AQSHlik olima, doktor Karin Deyong Kannanning “Samarqand ruhi”, SamDU professori Arindam Banikning “Samarqandda vaqt to‘xtab turadi”,professorlar Abdurayim Turobov va Nuriddin Begaliyevning “Samarqand nomining ma’nosini bilamizmi?”, jurnalist Sharofat Yo‘ldoshevaning “Odamiylik ilmi yoki Afrosiyobni kim saqlab qolgan?” nomli maqolalari, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali va jurnal ilmiy ekspeditsiyasining Qo‘shrabot bo‘ylab sayohati aks etgan fotosuratlar ham o‘quvchini befarq qoldirmasligi aniq.

Qayd etish joiz, “My Samarkand” jurnali ingliz tilidagi ilk soni aynan Mustaqillikning 34 yilligi arafasida chop etilishi Vatanimiz uchun eng ulug‘, eng aziz bayramga munosib sovg‘a, deyish mumkin.

O‘tkir Alimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“My Samarkand” jurnalining ilk soni nashrdan chiqdi