Qaror va ijro

Prezidentimiz raisligida 30 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga xaridor topish, bojxona logistikasida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish va qulaylik yaratish masalalari ko‘rib chiqilib, muhim vazifalar belgilandi. 

Tahlillarga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha joriy yilning birinchi yarimida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti 76,7 foizga bajarilgan. Xususan, Prezidentimizning 2025 yil 8 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga asosan yetishtirilgan, qayta ishlangan, qadoqlangan sabzavot, poliz va meva mahsulotlari sanoat mahsulotlari hajmlariga qo‘shilmoqda. Natijada 15,8 million dollarlik mahsulotlar eksportga chiqarilgan. 

Misol uchun, Chirchiq shahri “Kamalak” MFY hududida “Kirliogʻlu Agro Impeks” korxonasi tomonidan bugungi kunda quritilgan o‘rik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ushbu Turkiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha qiymati 5 million dollarni tashkil etib, korxona to‘liq ishga tushirilishi bilan 300 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. 

Sohada eksport qiluvchi korxonalar soni 68 tani tashkil qilib, shundan 16 tasida Yevropa standartlariga mos bo‘lgan “ORGANIC” va “GLOBAL G.A.P.” sertifikati mavjud. Solishtirish uchun 2023 yilda 5 ta 2024 yilda 9 ta korxonada shunday sertifikatlar mavjud bo‘lgan va yil sayin bu boradagi imkoniyatlar ortmoqda. 

– Qilinayotgan sa’y-harakatlar natijasida Yevropa, yaqin va uzoq sharq mamlakatlari va Amerika davlatlariga eksport hajmi 2,9 barobarga oshdi. Masalan, 2024 yilda ushbu davlatlarga 8 ta korxona tomonidan 4,6 million dollarlik 8 turdagi mahsulotlar eksport qilindi, joriy 6 oyda 13,3 million dollarga va mahsulotlar turi 17 taga yetdi. O‘tgan davrda sohada AQSH, Malayziya, Portugaliya va Gollandiya davlatlari bozorlari o‘zlashtirildi. Ularga O‘rta Chirchiq, Bo‘ka tumanlaridagi tadbirkorlar meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirdi. Hozirgi kunda joylardagi muzlatgichli omborxonalarda jami 1 ming 50 tonna gilos, 2 ming tonna olma, 3,5 ming tonna olxo‘ri, o‘rik va quritilgan mevalar saqlanmoqda, – deydi Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xurshid Qoraboyev. 

Mutaxassislarning aytishicha, bu omborxonalarda yil yakuni bilan 45 ming tonna mahsulotlar saqlash imkoni yaratilmoqda. Xususan, pishiqchilik mavsumida 2 dollardan sotilishi kutilayotgan uzum mahsulotlari muzlatgichli omborxonalarda saqlash orqali 4 dollardan 7 dollarga eksportga ortish imkoniyatlari mavjud. 

Muhimi, Toshkent viloyatida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti asosan III va IV chorakda pishib yetiladigan uzum, dukkakli va poliz mahsulotlari hisobidan yil yakuniga qadar 242,7 million dollar prognoz ortig‘i bilan ta’minlanishi kutilmoqda. 

A.Musayev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti ortmoqda