Hozirgina Toshkentda VIII Markaziy Osiyo ekspertlar forumi (MOEF) o‘z ishini boshladi. “Markaziy Osiyo – ishonch, xavfsizlik va barqaror rivojlanishning umumiy makoni” deb nomlangan bu galgi nufuzli anjumanO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan tashkil etildi.

Tadbir hamkorlari – Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT), Konrad Adenauer nomli jamg‘arma.

An’anaga ko‘ra, poytaxtimizda Markaziy Osiyo davlatlari strategik institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va akademik doiralari rahbarlari hamda mutaxassislari qatori mintaqashunoslik bo‘yicha tajriba almashish maqsadida birinchi marta Yevropa Ittifoqi, ASEAN, Shimoliy kengash mamlakatlaridan taniqli ekspertlar, shuningdek Rossiya Federatsiyasi, AQSH, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Ozarbayjon tadqiqotchilari ham to‘plangan.

[gallery-24799]

Odatdagidek, forumni SMTI direktori Eldor Aripov ochib berdi. U qutlov so‘zida dastlab mintaqamizda bugungi kunda yuz berayotgan ijobiy jarayonlarga qisqacha to‘xtalib, Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro yaqinlashish va jipslashish yo‘lida kattagina yo‘lni bosib o‘tganini ta’kidladi.

Uning fikricha, bugungi kunda mintaqamizda davlatlararo hamkorlikning barqarorlik, xavfsizlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash imkonini beradigan, har jihatdan muvozanatli va shu bilan bir vaqtda o‘ziga xos noyob modeli shakllangan. Boshqacha aytganda, hozirgi global evrilishlar davrida Markaziy Osiyo o‘zini dunyo tajribasida samarador mintaqaviy sheriklikning juda kam uchraydigan, muvaffaqiyatli namunasi sifatida namoyon qilmoqda.

Forum tafsilotini O‘zA sahifalarida kuzatib boring.

G‘ayrat Xonnazarov,

Asliddin Alijonov (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent yana bir nufuzli forumga mezbonlik qilmoqda