Vatanimiz tarixidagi 14 avgust sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1394 yil (bundan 631 yil oldin) – temuriylar xonadonida shahzoda Ibrohim sulton dunyoga keldi. Saroymulkxonim yana bir nabira tug‘ilgani munosabati bilan Amir Temurdan suyunchi oldi. Amir Temur hozirgi Turkiyaning Mingko‘l shahri (xozirgi Binbiyol shahri)daligida o‘g‘li Shoxruxning ikkinchi farzandi shahzoda Ibrohimning tug‘ilganligini eshitib, shu voqeaga bag‘ishlangan to‘y bergan. Beklar Sohibqironni shahzoda bilan muborakbod qilishgandan so‘ng to‘y tantanalarini o‘tkazishga hukm qildi. Muarrix Sharafuddin Ali Yazdiy yozganidek: “Har nekim kerak bo‘lsa, muhayyo qilsunlar!”, saropardalar bila borgohlar tikturib, to‘yga mashg‘ul bo‘ldilar”.

1919 yil (bundan 106 yil oldin) – Turkistondagi og‘ir ahvolni hisobga olgan Qizil Armiya bosh qo‘mondonligi Sharqiy frontning janubiy qismida alohida Turkiston fronti tashkil etish haqida qaror qabul qildi va unga Frunze qo‘mondon etib tayinlandi. Tarixchi Dilshod Komolovning qayd etilishicha, Turkiston fronti tarkibida Turkfront harbiy tribunali ish boshladi.

1923 yil (bundan 102 yil oldin) – Buxoro respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi sessiyasi tomonidan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Konstitutsiyasiga aholining ma’lum guruhlarini saylov huquqidan mahrum qiluvchi o‘zgartishlar kiritildi. Unga ko‘ra, katta-kichik savdogarlar, sobiq amaldorlar saylov huquqidan mahrum etildi.

1930 yil (bundan 95 yil oldin) – O‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva tavallud topdi (vafoti 2019 yil). U o‘zi yaratgan obrazlarda turli toifadagi xotin-qizlar hayoti, ularning qismati, jasorati va olijanobligini mujassamlantirdi. Key (M. Kaoru, “O‘g‘irlangan umr”) obrazi Yayra Abdullayeva ijodining cho‘qqisi bo‘lib, u yapon ayolining mashaqqatli hayot yo‘lini, taqdirini psixologik teranlik va izchillik bilan ochib berdi. U ovoz, imo-ishora, kinoya va boshqa ifoda vositalaridan ustalik bilan foydalandi. Yayra Abdullayeva 1998 yilda “Do‘stlik”, 2011 yilda “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan.

1937 yil (bundan 88 yil oldin) – shoir, publitsist Tavallo “Turon”, “aksilinqilobiy” “Milliy ittihod” va boshqa tashkilotlarning a’zosi bo‘lganlikda, “she’rlarida millatchilik g‘oyalarini ilgari surgan”likda ayblanib, qamoqqa olindi. U 1937 yil 10 noyabrda NKVD (Ichki ishlar xalq komissarligi) qoshidagi “uchlik” hukmi bilan otib tashlangan. Keyinchalik 1968 yil 18 oktyabrda oqlangan.

1959 yil (bundan 66 yil oldin) – O‘zbekiston hukumatining buyrug‘i bilan Toshkent davlat konservatoriyasida 25 o‘rinli, Toshkent teatr va rassomchilik institutida 35 o‘rinli kechki bo‘lim ochildi. Natijada musiqa oliygohlarida kechki bo‘limlarda ham mutaxassislar tayyorlana boshladi.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Ukraina Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini o‘rnatdi. 

1995 yil (bundan 30 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika bog‘dorchiligi va uzumchiligida ilm-fanni ishlab chiqarish bilan integratsiyalashni chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya shon-shuhrati muzeyini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotira: O‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva tavalludiga 95 yil to‘ldi