Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida to‘qimachilik sohasida eksport imkoniyatlari va zaxiralarni ishga solish masalalari yuzasidan o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlandi.
Yevropa va AQSH bozoriga tayyor kiyim-kechak eksportini kengaytirish, tarmoqda standartlashtirish va raqamlashtirish ishlarini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Texnik tartibga solish agentligiga xalqaro sertifikati bor korxonalarni 300 taga yetkazish topshirildi.
Tashqi ishlar vazirligiga aylanmasi 1 milliard dollardan katta brendlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha “yo‘l xarita”sini ishlab chiqish va sentyabr oyida Toshkentda bo‘ladigan yirik ko‘rgazmaga ushbu kompaniyalarni taklif qilish topshirig‘i berildi.
AQSHda yiliga qariyb 100 milliard dollarlik tekstil bozori bor, muqobil qo‘llab-quvvatlash choralari orqali ushbu mamlakatga eksportni 5-6 karra oshirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga Sent-Luis va Nyu-York shaharlarida 2 ta savdo uyini ochish topshirildi.
Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlariga sun’iy intellektni joriy qilish orqali daromadni 20-30 foizga oshirish, faoliyatni shaffoflashtirish va yashirin iqtisodiyot omilini kamaytirish mumkin.
Bu borada to‘qimachilik korxonalariga ERP tizimini joriy qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi. Korxonalarni ushbu tizimga o‘rgatish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
O‘zA