Qozog‘istonning Ostona shahri mezbonlik qilayotgan Osiyo paralimpiya qo‘mitasining (APC) XXXVIII Bosh Assambleyasida qit’aning beshta mintaqasi vakillari hisobot taqdim etdi.

Unda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi, APC’ning Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Farrux Ahmedov Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda paralimpiya sporti rivoji hamda kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy qo‘mitalari vakillari o‘rtasida o‘zaro uchrashuv o‘tkazilib, sohani rivojlantirishdagi muammolar, sport turlari geografiyasini kengaytirish imkoniyatlari va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Bahrayn milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati bilan uchrashdi.  

Suhbatda hamkorlik aloqalarini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Bahrayn tomoni so‘nggi yillarda yurtimizda paralimpiya sporti rivoji borasida amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berdi. Ma’lumot uchun, 2026 yilda Bahrayn para badminton va para pauerlifting bo‘yicha jahon chempionatlariga mezbonlik qiladi.

14 avgust kuniga qadar davom etadigan Assambleyada 45 mamlakat milliy qo‘mitalari vakillari ishtirok etib, Osiyo parasportining yaqin kelajakdagi rivojiga oid qarorlar muhokama qilinadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
APC Bosh Assambleyasi: Markaziy Osiyoda hamkorlik va rivojlanish istiqbollari