Yangi qaror

Bu davlatimiz rahbarining shu yilning 7 avgust kuni qabul qilingan “Samarqand viloyatini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berildi.

Samarqand viloyatida zamonaviy menejment tamoyillari hamda davlat tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik tizimini joriy etish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, viloyatning ijtimoiy infratuzilmasi va me’moriy qiyofasini yaxshilash, shuningdek, aholi uchun qulay hududlar va yashil zonalarni ko‘paytirish maqsadi ko‘zlangan qaror bilan viloyatni 2030 yilgacha rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.

Jumladan, sanoat va xizmatlar sohasida jami 6,8 milliard AQSH dollari ekvivalentidagi loyihalarni amalga oshirish, sanoat, xizmatlar va turizm eksporti hajmini 3,5 milliard AQSH dollariga yetkazish, muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish va to‘liq modernizatsiya qilish, qo‘shimcha 6,2 ming gektar yashil hududlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

 Qarorga ko‘ra, Samarqand viloyatida davlat va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va viloyat infratuzilmasini yaxshilash uchun viloyat hokimligi muassisligida davlat va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaruvchi “Samarqand Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tashkil etiladi.  

Viloyat infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish,axolining kundalik xayotidagi kommunal va boshqa  sohalardagi kechiktirib bo‘lmaydigan masalalarni tezkor hal etish maqsadida viloyat hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi Samarqand viloyatini rivojlantirish jamg‘armasi deb qayta nomlanadi va mazkur jamg‘arma mablag‘larini boshqarish huquqi “Samarqand invest kompaniyasi”ga beriladi.

– Shu yilning 30 iyul kuni viloyatimizda islohotlar natijadorligi va yangi rejalar yuzasidan davlatimiz rahbariga axborot berilganda shu paytgacha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, oldimizga turgan vazifalar belgilab berilgandi, – deydi Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov. – Viloyatimiz hokimi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan ilgari surilgan tashabbuslarni Prezidentimiz qo‘llab-quvvatlab, loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdilar. Har bir tuman va shaharning investitsion jozibadorligi va eksport imkoniyatlarini tengma-teng oshirish zarurligi ta’kidlangandi. 7 avgust kuni qabul qilingan qarorda esa taqdimotda bildirilgan tashabbuslar, vazifalar asosida 2030 yilgacha bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi. Xususan, yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy yil yakunida 109 trillion so‘mga, 2026 yilda 119 trillion, 2027 yilda 129 trillion, 2028 yilda 140 trillion, 2029 yilda 152 trillion va 2030 yilda 165 trillion so‘mga yetkaziladi. Sanoat ishlab chiqarishi hajmi 2030 yilgacha ikki barobar oshiriladi va hozirgi 46 trillion so‘mdan 90 trillion so‘mga yetadi. Tovar va xizmatlar eksportini amaldagi 716 million AQSH dollaridan 1 milliard 500 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi 71 foizdan 85 foizga oshiriladi. Oliy ta’limga qamrov hozirgi 46 foizdan 60 foizga yetadi. Xuddi shunday boshqa yo‘nalishlar, infratuzilma bilan loyihalar ham kelgusi besh yilda bosqichma-bosqich oshirib boriladi va viloyatimiz aholisining kambag‘allik darajasi hozirgi 7,5 foizdan 3 foizga tushiriladi.

Turizm sohasida ham barqaror o‘sish suratlari ta’minlanib, mahalliy sayyohlar sonini 2,4 milliondan 4,61 millionga, xorijlik turistlarni esa 2,1 milliondan 4,11 million nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Shu sohaga mas’ul sifatida aytishim mumkinki, bu ko‘rsatkichlarga erishish uchun viloyatimizda imkoniyat ham, salohiyat ham yetarli. Agar belgilangan rejalar, loyihalarni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirsak, sayyohlar oqimi bundan ham oshishi mumkin. Chunki, bundan besh yil oldin Samarqandga keladigan sayyohlar 100 ming nafarga ham yetmagan bo‘lsa, keyingi yillarda Prezidentimizning sohani rivojlantirishga qaratilgan alohida e’tiborlari, turizm sohasi bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlarning faol qo‘llab-quvvatlanishi, viza tartiblarining soddalashtirilishi natijasida bugun statistik raqamlarda “million”lardan foydalanyapmiz. Xususan, joriy yilning birinchi yarmida Samarqandga 1,5 million nafar xorijlik, 3 milliondan ortiq mahalliy sayyoh keldi. Turistlarning viloyatimizda bo‘lishi ikki-uch yil oldin o‘rtacha 2-2,5 kunni tashkil etgan bo‘lsa, bugun 3-3,5 kunga yetdi. Muhimi, sayyohlar ilgari faqat Samarqand shahridagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni tomosha qilgan bo‘lsa, bugun shahar atrofidagi Urgut, Samarqand, Nurobod tumanlaridagi turizm qishloqlari, dam olish maskanlarida ham bo‘lmoqda. Ushbu tumanlarda ekstremal tog‘ turizmini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ham sayyohlar oqimini ko‘paytirmoqda.  

Rustam Qobilovning aytishicha, yil boshidan buyon Samarqand xalqaro aeroporti orqali yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarning 6 ta shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam avia qatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Yil yakuniga qadar yana to‘rtta shaharga yangi yo‘nalish ochilishi kutilmoqda.

Turizm sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va soliq imtiyozlari berilishi natijasida joriy yilning olti oyida viloyatda 11 ta mehmonxona, 47 ta xostel, 72 ta oilaviy mehmon uyi ochildi. Yil yakunigacha Samarqandning turizm eksportini 600 milllion dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

G‘olib Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2030 yilda Samarqandning yalpi hududiy mahsuloti hajmi 165 trillion so‘mga yetkaziladi