Joriy yil 12 avgustda “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning ixtiyoriy ravishda rasmiy sektorda ishlashini rag‘batlantiruvchi raqobatbardosh va shaffof tadbirkorlik muhitini shakllantirish, ma’muriy tartib-taomillarning takrorlanuvchi va ortiqcha talablarini bekor qilish belgilanadi.

Shuningdek, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan tortib hisobotni topshirishgacha bo‘lgan barcha asosiy xizmatlarni birlashtiruvchi integratsiyalashgan raqamli platformalar yaratish, naqdsiz to‘lovlarni qabul qilish uchun qulay va samarali mexanizmlarni joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Qarorga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga davlat va moliyaviy xizmatlarni onlayn tarzda ko‘rsatish bo‘yicha maxsus huquqiy rejim joriy etiladi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar, ya’ni yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash tartibi, soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan daromadi 100 million so‘mdan oshmagan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni aylanmadan olinadigan soliq to‘lashdan ozod qilish tartibi bekor qilinadi.

Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi